Foto: Harper’s Bazar
Londondagi Dizayn muzeyi Real San Fratello Teeter-Totter Wall arxitektura studiyasi tomonidan AQSH va Meksika o‘rtasidagi chegarada qurilgan pushtirang arg‘imchoqlarni «2020 yilning dizayni» mukofotiga loyiq ko‘rdi, deb xabar beradi Harper’s Bazar.
Mazkur installyatsiya chegaraning turli taraflaridagi insonlarni birlashtirishga chaqirishi va ikki mamlakat fuqarolarini ajratish borasidagi siyosatga qarshilik razmi bo‘lishi kerak edi.
Eslatib o‘tamiz, AQSH va Meksika o‘rtasidagi devorni qurish ishlari Donald Trampning prezidentlik davrida boshlangan. U meksikalik muhojirlarning Amerikaga kelishining oldini olish maqsadida bir necha bor chegarada devor qurish bilan tahdid qilgan.
Arxitektura studiyasining ishi qurilganidan 40 daqiqa o‘tib, chegarachilar tomonidan olib tashlangan.
«Ko‘pchilik Jo Baydenning prezidentligi boshlanganida ushbu installyatsiyaning g‘alabasini ko‘rdi», — deyiladi xabarda.
Avvalroq Jo Bayden Donald Trampning prezidentligi davrida qabul qilingan bir qator qarorlarni bekor qilgani, xususan, ular orasida AQSH va Meksika o‘rtasidagi devorni qurish ishlari to‘xtatilishi to‘g‘risida xabar berilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Jo Bayden Tramp yopgan darvozalarni ochmoqchi

Kuchli shamol AQSH va Meksika chegarasidagi «Tramp devori»ni ag‘darib yubordi (video)

Meksika va AQSh chegarasida yerosti yo‘li topildi

Meksika bilan chegarada devor qurishda ko‘plab kompaniyalar ishtirok etmoqchi

Meksikaliklar Tramp tufayli AQSh bilan chegarada “jonli devor” tashkil etishdi

AQShda Meksika bilan chegarada devor qurishni rejalashtirish boshlandi