Rossiyalik trixolog va dermatovenerolog Yelena Babayeva COVID-19dan tuzalgandan ikki oy o‘tgach yuzaga chiqishi mumkin bo‘lgan asoratlar haqida so‘zlab berdi.
«Hozirgi kunda koviddan so‘ng soch to‘kilishi ko‘p kuzatilmoqda. Koronavirus bilan kasallangan odamlarda bir yarim-ikki oydan so‘ng sochlari to‘kila boshlaydi», — dedi u 20 yanvar kuni «E1.ru» portaliga bergan intervyusida.
Biroq shifokor bu asorat tiklanishini va ko‘p o‘tmay soch yana o‘sib chiqishini aytib bemorlarni tinchlantirmoqda.
«Shunchaki reaksiya, keyin hammasi tiklanadi. Juda ko‘p uchraydigan muammo, qabulimga har kuni shunday bemorlar kelishadi. Ammo keyinchalik bularning bari tiklanadi, shunday ekan, odamlar xavotirlanmasa ham bo‘ladi», — deydi Babayeva. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
“Yuventus” himoyasini titratib tashlagan Shomurodovning o‘yini qanday baholandi?
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi