22:05 / 22.01.2021
2 302

Bayden Oq uydagi stolidan Tramp foydalangan qizil tugmani oldirib tashladi

Bayden Oq uydagi stolidan Tramp foydalangan qizil tugmani oldirib tashladi
Foto: «Twitter.com»
AQSH prezidenti Jo Bayden Oq uydagi stolidan Donald Tramp sevimli ichimligi — kolani keltirish uchun ofitsiantni chaqirishda foydalangan qizil tugmani oldirib tashladi. Bu haqda Oq uyga ekskursiya qilgan jurnalist Tom Nyuton Dann Twitter orqali ma’lum qildi.

Avvalroq OAV Trampning kolaga o‘chligi haqida bir necha bor xabar tarqatgan va Oq uydagi stolida ushbu ichimlikni olib keladigan ofitsiantni chaqirish uchun maxsus tugma borligini ta’kidlagan. Eks-prezidentning o‘zi garchi kola bilan gamburgerni yaxshi ko‘rishini inkor etmasa-da, lekin umuman olganda to‘g‘ri ovqatlanishini aytib o‘tgan.

Bayden kelganidan so‘ng kabinetdagi stoldan tugmaning yo‘qotilishidan tashqari yana bir qancha o‘zgarishlar yuz berdi. «Assoshieyted Press» agentligining ma’lum qilishicha, eng yorqin o‘zgarish oxirgi marta Bill Klinton davrida ishlatilgan o‘rtasiga prezident muhri tushirilgan to‘q moviy rangli gilam bo‘ldi. Tramp ushbu kabinetda ishlaganda gilam quyosh nurlari ko‘rinishidagi rasm bilan bezatilgan yorqin rangda edi. Gilamdan tashqari Bayden Klinton davridagi pardalarni ham qaytargan.

78 yoshli demokrat Bayden AQSHning 46-prezidenti bo‘ldi. U noyabr oyidagi saylovlarda respublikachi Donald Tramp ustidan g‘alaba qozondi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bayden Oq uydagi stolidan Tramp foydalangan qizil tugmani oldirib tashladi