09:34 / 23.01.2021
2 216

Koronavirusga chalinish xavfini kamaytirish yo‘li ma’lum qilindi

Koronavirusga chalinish xavfini kamaytirish yo‘li ma’lum qilindi
Foto: «AGN»
Koronavirus eng ko‘p zararni odamning o‘pkasiga yetkazadi, shuning uchun kasallikni yuqtirish va uni qanday o‘tkazishda biz nafas olayotgan havoning ta’siri katta. Bu haqda allergolog-immunolog Vladimir Bolibokka tayanib, «RBK» xabar bermoqda.

«Havoning tozalik darajasi sezuvchanlikka ta’sir qiladi, u qanchalik iflos bo‘lsa, nafas yo‘llarimizning har qanday virusli infeksiyaga, shu jumladan, koronavirusga nisbatan ta’sirchanligi ortadi». — dedi shifokor.

Bolibokning so‘zlariga ko‘ra, koronavirus bilan kasallanmaslik uchun kun davomida, shu jumladan, uxlayotgan paytda ham toza havodan nafas olish kerak. Shifokor yotoqxonalarni changdan tozalash kerakligini aytdi, chunki ko‘p vaqtimiz yotoqxonada o‘tadi. «Boshqa xonalarda esa uyg‘oq bo‘lganimiz uchun havoning tarkibi va sifatini nazorat qilib turamiz. Kerak bo‘lsa, xonani shamollatamiz yoki undan chiqib ketamiz», — deb tushuntirdi Bolibok.

Avvalroq immunolog Vladislav Jemchugov ham xonani yaxshilab shamollatish COVID-19 kasalligidan saqlanishga yordam berishi mumkinligini aytgandi. Shamollatish va changlarni tozalash havodagi patogenlar konsentratsiyasini kamaytirishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusga chalinish xavfini kamaytirish yo‘li ma’lum qilindi