10:00 / 23.01.2021
1 796

Pentagon rahbari etib Lloyd Ostin tasdiqlandi

Pentagon rahbari etib Lloyd Ostin tasdiqlandi
Foto: «RIA Novosti»
AQSH Senati Lloyd Ostinning Pentagon rahbari lavozimiga ma’qulladi, deya xabar bermoqda Meduza.
67 yoshli Ostin rasmiy ravishda qasamyod qabul qilganidan ko‘p o‘tmay o‘z lavozimiga kirishadi.

Ostin general unvoniga ega. U turli yillarda Birlashgan shtab boshliqlari direktori, Iroq kontingentining bosh qo‘mondoni va AQSH Markaziy qo‘mondonligi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2016 yilda u nafaqaga chiqqan va xususiy qurol ishlab chiqarish firmasiga ishga kirgan.

Ta’kidlanishicha, Ostin Pentagonning birinchi afroamerikalik rahbari bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Bayden 8 dekabrda Pentagon rahbari lavozimiga tarixda birinchi marta afroamerikalikni tayinlashini ma’lum qilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon rahbari etib Lloyd Ostin tasdiqlandi