10:53 / 23.01.2021
1 916

Isroillik milliarder prezidentga pora bergani uchun qamaldi

Isroillik milliarder prezidentga pora bergani uchun qamaldi
Jeneva sudi Isroil milliarderi Beni Shteynmetsni Gvineyaning sobiq prezidenti Lansan Kontega pora berganlikda aybdor deb topdi.

Hukmga binoan Shteynmes foydali qazilmalarni ishlab chiqarishda imtiyozga ega bo‘lish uchun prezidentning to‘rtinchi xotiniga 8,5 million dollar to‘lagan va butun banklar va filiallarning murakkab zanjiri orqali 2006 yildan 2012 yilgacha pora berishda davom etgan.

Sud isroillik tadbirkorni besh yillik qamoq jazosiga va 50 million Shveysariya franki miqdorida jarimaga hukm qilgan.

Shteynmes hukm yakuniy emasligini va unga zudlik bilan protest berishini aytib o‘tgan. Biznesmen Shveysariya prokuraturasini hujjatlarni soxtalashtirishda va noxolislikda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, «guvohlarga soxta ko‘rsatmalar uchun pul to‘lashgan», ayblanuvchilarning huquqlari muntazam ravishda buzilgan, bularning barchasi «sud jarayonidan keyin olti kun ichida paydo bo‘lgan», ammo sudya milliarderning aybsizligi dalillarini e’tiborsiz qoldirish orqali ayblov xulosasini chiqargan.

Tadbirkor unga qarshi barcha jarayonlarni «yolg‘on va manipulyatsiya» deb atagan. Shteynmes, birinchi navbatda, Jorj Sorosni unga nisbatan tovlamachilik qilayotganlikda ayblagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroillik milliarder prezidentga pora bergani uchun qamaldi