13:43 / 23.01.2021
1 864

Avstraliyada «pokrishka»ni qizdirmoqchi bo‘lgan erkak o‘zining Mercedes-AMG’sini yoqib yubordi (video)

Avstraliyada «pokrishka»ni qizdirmoqchi bo‘lgan erkak o‘zining Mercedes-AMG’sini yoqib yubordi (video)
Internetda Mercedes-AMG C63 S egasi avtomobili shinasini joyida turgan holda qizdirib, tutatishga uringani tasvirlangan video tarqaldi. Biroq bu kutilganidek natija bermagan va sport kupesi yonib ketgan, deb yozadi Motor.

Ko‘ngilsiz hodisa Avstraliyaning Janubiy Uels shtatidagi to‘yda sodir bo‘lgan. Qora Mercedes-AMG C 63 S egasi to‘plangan mehmonlar qarshisida ajoyib «bernaut» uyushtirishga qaror qilgan, biroq noto‘g‘ri harakat sabab mashina yonib ketgan.

Marosimga tashrif buyurgan hech kimga, jumladan, haydovchiga ham jarohat yetmagan. Biroq olov yo‘lning harakatlanish qismiga ham o‘tib, atrofdagi avtomobillarga ham shikast yetkazishiga bir baxya qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chirish xizmati xodimlari olovni o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan, biroq Mercedes’ni saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan. Natijada omadsiz urinish sabab kupe to‘liq yonib ketgan.

Sportkar egasining omadsizligi shu bilan tugamagan. Politsiya xodimlari undan yong‘in nima sababdan yuzaga kelganini so‘rashganida erkak harakat vaqtida yonib ketdi degan. U sug‘urtadan foydalanish uchun shunday javob bergan. Biroq keyinroq politsiyachilar sportkar egasi yolg‘on so‘zlaganini isbotlovchi bir nechta videoroliklarni topib olgan. Endilikda 510 ot kuchiga ega bo‘lgan Mercedes-AMG C63 S egasini sud kutmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada «pokrishka»ni qizdirmoqchi bo‘lgan erkak o‘zining Mercedes-AMG’sini yoqib yubordi (video)