Foto: Unsplash
Fransiyada dunyoda ikki qo‘l va yelkaning ko‘chirib o‘tkazilishi bo‘yicha ilk jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Tana a’zolari 48 yoshli islandiyalik Feliks Gretarssonga ko‘chirib o‘tkazilgan.
The Guardian nashrining yozishicha, Gretarsson qo‘llarini 1998 yilda ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa tufayli yo‘qotgan. Erkak yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasidaishlayotgan vaqtda kuchlanish 11 ming voltgacha ko‘tarilib ketishi oqibatida ikki qo‘lini kuydirib olgan.
Shundan keyin erkak ko‘plab jarohatlar bilan 3 oy komada yotgan. Shifokorlar uning qo‘lini kesib tashlashlariga hamda yana bir nechta operatsiya o‘tkazishlariga to‘g‘ri kelgan.
Gretarsson uchun donorlar uzoq yillar davomida izlangan. Operatsiyaga tayyorgarlik ko‘rishga 50 tibbiy xodim jalb qilingan. Operatsiya vaqtida tana a’zolarini donordan retsipiyentga ko‘chirib o‘tkazish vaqtini minimallashtirish uchun 4ta jarrohlik brigadasi ish olib borgan.
Hozirda erkak Liondagi shifoxonalardan birida tiklanmoqda. Shifokorlar Gretarssonning yangi qo‘llari qanchalik harakatchan bo‘lishi bo‘yicha bir narsa deyishga shoshilmayaptilar. Jarrohlardan biri Aram Gazaryanning ta’kidlashicha, agar bemor tirsagini buka olsa, bu uning hayotini o‘zgartirib yuboradi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi