09:31 / 25.01.2021
1 839

Isroilda koronavirus yangi xavfli shtammi topildi

Isroilda koronavirus yangi xavfli shtammi topildi
Foto: «Anadolu»
Isroilda koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlandi. U odamlarga katta xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda 24 yanvar kuni Turkiyaning Anadolu agentligi Isroil ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar berdi.

Qayd etilishicha, yangi xavfli shtamm borligi haqida Isroil harbiy razvedka agentligi (AMAN) hisobotidan ma’lum bo‘ldi. Hujjatda yangi mutatsiya aholi orasida tarqalish darajasi yuqori ekanligi ta’kidlandi.

Shu munosabat bilan boshqa davlatlardan Isroilga kelgan har bir kishi karantinda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, yaqin kelajakda Bosh vazir Binyamin Netanyaxu mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi va hukumat huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi bilan Tel-Avivdagi Ben Gurion aeroportini ikki hafta davomida yopish imkoniyatini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

2020 yil dekabr oyining boshidan buyon Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika va Braziliyadan SARS-CoV-2ning yangi mutatsiyalangan shtammlari paydo bo‘lishi haqida xabarlar tarqaldi. Virusning ushbu turlari osonroq tarqalib, bu o‘lim va kasallanishlar holati ko‘payishiga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroilda koronavirus yangi xavfli shtammi topildi