10:30 / 25.01.2021
3 945

Rossiyaga kimlar kira olmasligi ma’lum qilindi

Rossiyaga kimlar kira olmasligi ma’lum qilindi
Foto: IZVЕSTIYA
Rossiya Federatsiyasi IIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, chet el fuqarolarining Rossiya hududiga kirishini taqiqlashning asosiy sabablari etib, mamlakat hududida noqonuniy bo‘lish shartlari buzilishi va noqonuniy mehnat faoliyati ko‘rsatilgan.

Chet el fuqarolarining Rossiya Federatsiyasiga kirishiga yo‘l qo‘ymaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishning asosiy sabablari vaqtincha bo‘lish shartlarini buzish, shuningdek, mamlakatimizda noqonuniy ish faoliyatini olib borishdir», deb yozadi TASS.

Ta’kidlanishicha, ularga nisbatan bunday qaror qabul qilingan chet elliklarning aksariyati Rossiyaga vizasiz kiradigan yaqin xorij fuqarolari. Ichki ishlar vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda Rossiyaga 189 ming chet ellikka nisbatan ushbu chora ko‘rilgan bo‘lsa, 2019 yilda esa 250 mingdan ortiq odam kirishi taqiqlangan.

Avvalroq, 23 yanvar kuni Rossiyada mehnat patentlari bilan ishlaydigan chet el fuqarolari 2020 yil 11 oy davomida mintaqaviy budjetlarga 43,5 milliard rubl miqdorida pul o‘tkazgani haqida xabar berilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyaga kimlar kira olmasligi ma’lum qilindi