18:30 / 25.01.2021
2 266

Jaguar F-Pace’da chuqur ko‘lmakni bosib o‘tmoqchi bo‘lgan omadsiz haydovchi

Jaguar F-Pace’da chuqur ko‘lmakni bosib o‘tmoqchi bo‘lgan omadsiz haydovchi
Kadr: YouTube
Agarda mashina yo‘lida chuqur ko‘lmak chiqib qolsa, uni katta tezlikda bosib o‘tishga urinmaslik kerak. CARakoom tomonidan e’lon qilingan videorolikdagi Jaguar F-Pace bu kabi omadsiz urinishga yaqqol misol bo‘la oladi.

Videorolik Buyuk Britaniyaning Nottingemsher shahrida tasvirga olingan bo‘lib, unda qora Jaguar F-Pace haydovchisi katta ko‘lmakka tezda yaqinlashib kelganini ko‘rish mumkin. Aftidan, haydovchi ko‘lmakni u qadar chuqur, deb o‘ylamagan va katta tezlikda uni bosib o‘tishiga ishongan.

Biroq ko‘lmak o‘rtasiga kelgan F-Pace’ning kapoti oldida hosil bo‘lgan katta to‘lqin old oynaga qadar urilgan va yo‘ltanlamas o‘chib qolgan.

Bir necha soniyadan so‘ng, haydovchi mashinani yana o‘t oldirishga uringan, ammo bu kabi vaziyatda o‘t oldirish taqiqlanadi, chunki dvigatelga suv kirib ketishi mumkin. Oqibatda motordan g‘alati tovush chiqa boshlagan — dvigatel gidrozarba olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jaguar F-Pace’da chuqur ko‘lmakni bosib o‘tmoqchi bo‘lgan omadsiz haydovchi