09:09 / 27.01.2021
1 828

Eronda millionlab aholi kriptovalyuta fermalari tufayli elektr ta’minotidan uzilib qoldi

Eronda millionlab aholi kriptovalyuta fermalari tufayli elektr ta’minotidan uzilib qoldi
Foto: AP Photo
Eron hukumati mamlakatda ommaviy ravishda elektr ta’minotining uzilishiga kriptovalyuta fermalarini aybdor qildi. Bu haqda Business Insider xabar bergan.

Poytaxt Tehronning katta qismi mamlakatdagi boshqa katta shaharlar, jumladan, Mashxad, Tabriz va Urmiyo shaharlarining elektr ta’minotida katta uzilish yuz bergan.

AQSH Eronga nisbatan takroriy sanksiyalar qo‘llaganidan keyin kriptovalyuta cheklovlarni aylanib o‘tishning asosiy yo‘llaridan biriga aylandi, natijada Eronda bitkoinning ommaviylashuvi boshlandi. Shu sababli minglab noqonuniy faoliyat yurituvchi kriptovalyuta fermalari paydo bo‘ldi, ularning aksar qismi maktablar va masjidlardan turib ishlaydi.

Kriptovalyuta fermalarining ko‘payishiga sabablardan yana biri bu — Eronda elektr energiyasi uchun narxlarning arzonligidir, ya’ni 1 kilovatt/soat elektr energiyasi uchun 4 sent miqdorida mablag‘ to‘lanadi, AQSHda bu miqdor o‘rtacha hisoblaganda 13 sentni tashkil qiladi. Eron kriptovalyuta fermalari katta miqdorda elektr energiyasini sarflaydigan mamlakatlar reytingida o‘ntalikka kirgan va bu yerda sutkasiga 450 megavatt elektr energiyasi sarf qilinadi.

Hukumat kriptovalyuta ishlab chiqaruvchilarni, xususan, bitkoin bilan shug‘ullanuvchilarni elektr tarmoqlaridagi yuklamalarni oshirganlik va mamlakatni chiroqsiz qoldirganlikda ayblagan. Shuningdek, hukumat elektr ta’minoti tizimida yillar davomida hukmronlik qilayotgan boshboshdoqliklar ham mazkur holatga ta’sir ko‘rsatganini bildirgan.

Avvalroq Eronda 1600 ta markaz yopilgan, xususan, hukumat ruxsat bergan korxonalar faoliyati ham to‘xtatilgandi. Tavanir davlat elektroenergetika kompaniyasi elektr ta’minoti o‘chirilgani tufayli Xitoy—Eron bitkoin fermasini ham yopgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eronda millionlab aholi kriptovalyuta fermalari tufayli elektr ta’minotidan uzilib qoldi