09:41 / 27.01.2021
2 362

Jo Bayden va rafiqasi Oq uyga itlari bilan birga ko‘chib o‘tdi (foto)

Jo Bayden va rafiqasi Oq uyga itlari bilan birga ko‘chib o‘tdi (foto)
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Jo Bayden va uning rafiqasi Jill o‘zlarining ikki nemis ovcharkasi — Meyjor va Chemp bilan Oq uyga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda mazkur itlar nomiga ochilgan Twitter sahifasida ma’lum qilindi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

«Do‘stlar, qanday baxtli kun! Biz hozir onamiz va dadamiz bilan Oq uydamiz... Biz ularni sog‘ingandik, ular ham bizni sog‘inishgan», — deyiladi itlar nomidan yozilgan tvitda.

Birinchi xonim Jill Bayden va Baydenlarning iti Chemp Oq uydagi bog‘da
Foto: Reuters

Meyjor hayvonlar uchun maxsus boshpanadan asrab olingan Oq uydagi birinchi it bo‘ldi. Shu tarzda Oq uyga itlar yana rasman qaytib keldi.

Meyjor Oq uyga kelgach, atrofni ko‘zdan kechirmoqda
Foto: Reuters


Foto: Reuters
Sobiq prezident Donald Tramp mamlakatning oxirgi yuz yil ichidagi rahbarlari orasida uy hayvoni boqmagan birinchi prezidenti bo‘ldi. Avvalroq OAV Bayden itlarini o‘zi bilan Oq uyga olib borish niyatidaligini xabar qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Bayden iti Meyjor bilan o‘ynayotgan paytda oyog‘idan jarohat olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Bayden va rafiqasi Oq uyga itlari bilan birga ko‘chib o‘tdi (foto)