1 849
Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri hibsga olindi. Yana biriga esa qidiruv e’lon qilingan
Foto:«Inbusiness.kz»
2018-2020 yillarda Qirg‘iziston bosh vaziri sifatida ishlagan Muhammadkaliy Abilgaziyev hibsga olindi. Bu haqda AKIpress kuchishlatar tizimlardagi manbasiga asoslanib xabar bergan.
Abilgaziyev avvalroq, noqonuniy boylik orttirishda ayblanib, Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasiga so‘roqqa chaqirilgandi. Sobiq bosh vazir 26 yanvar kuni qo‘lga olingan.
53 yashar Abilgaziyev bir qancha mojarolar bilan omma e’tiboriga tushgan. Shulardan biri «KT Mobayl» korrupsion sxemasiga aloqadorlik sanaladi. Sobiq vazirning qarindoshlariga qarashli ekani aytiladigan kompaniya rasmiylari amalda hech ish qilmasa ham, katta miqdorda pullarni o‘zlashtirishda ayblangan.
Shuningdek, qator jurnalistik surishtiruvlarga ko‘ra, Abilgaziyevning Qirg‘izistonda tahsil ko‘rishi aytilgan qizi aslida AQSHning Diablo Valley kollejida o‘qishi oydinlashgandi.
Muhammadkaliy Abilgaziyev boshiga «qora bulutlar soya solgan» yagona sobiq bosh vazir emas. Undan avval ushbu amalga o‘tirgan Sapar Isoqov 2018 yilda qo‘lga olinib, hibs qilingandi. 2020 yil 6 oktabr oyidagi to‘polonlar fonida Isoqov ozodlikka chiqdi va yashirinishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi