20:55 / 28.01.2021
2 695

Ayol 12 dollarga tovuq sotib oldi va jonivor yuragini operatsiya qildirish uchun 10 ming dollar sarfladi

Ayol 12 dollarga tovuq sotib oldi va jonivor yuragini operatsiya qildirish uchun 10 ming dollar sarfladi
Ba’zan, odamning uy hayvoniga bo‘lgan sevgisi har qanday to‘siq yoki moliyaviy to‘siqlarni yengib chiqishi mumkin. AQSHlik Seleta Notnagel uchun uning Moviy ismli ikki yoshli tovug‘i bebahodir. Seleta, nafaqat, unga inson iste’mol qiladigan ovqatlarni beradi, balki unga yonida uxlashi uchun ham imkon yaratib bergan.

Seleta mahalliy ozuqa do‘konidan moviy rangni yaxshi ko‘rgani sababli tovuqni 12 AQSH dollarga sotib olgan, o‘sha kundan boshlab uning tovuqqa bo‘lgan mehri ortib boradi. Biroz vaqt o‘tgach «Moviy» laqabli tovuqning nafas olishi qiyinlasha boshlaydi. Bir qancha tekshiruvlar natijasida uning yuragida o‘zgarish borligi aniqlanadi.

Jarrohlik amaliyotning o‘zi va boshqa ko‘plab tekshiruvlar orqali «Moviy»ning hayotini saqlab qolish uchun taxminan 10,000 AQSH dollari ketdi. Sug‘urta puli 2500 dollarni qopladi.

Ayol hayotidan mamnun. U agar yana shunday hol takrorlansa ham, hech ikkilanmay sevimli tovug‘i uchun bundan ko‘proq pul sarflashga tayyorligini qo‘shimcha qildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ayol 12 dollarga tovuq sotib oldi va jonivor yuragini operatsiya qildirish uchun 10 ming dollar sarfladi