22:47 / 28.01.2021
2 546

Yong‘inni o‘chirishga mo‘ljallangan gidrantni urib yuborgan Toyota Camry suv oqimi sabab havoda «muallaq qotdi» (video)

Yong‘inni o‘chirishga mo‘ljallangan gidrantni urib yuborgan Toyota Camry suv oqimi sabab havoda «muallaq qotdi» (video)
Kadr: Reddit
Reddit ijtimoiy tarmog‘ida yong‘inni o‘chirishga mo‘ljallangan gidrant bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuvdan so‘ng tom ma’noda havoda muallaq qolgan Toyota Camry’ning videosi paydo bo‘ldi. Rolikda yapon sedani old tomoni bilan daraxtga urilgani, orqa qismi esa yer ostidan chiqayotgan suv sabab ko‘tarilib turganini ko‘rish mumkin, deb xabar beradi Motor.

Rolikdan tashqari ko‘ngilsiz hodisa haqida u qadar ko‘p ma’lumot berilmagan. Carscoops ma’lumotlariga ko‘ra, avariya AQSHda yanvar oyida sodir bo‘lgan. Taxminlarga ko‘ra, avvaliga Camry daraxtga urilgan, gidrantga esa birinchi to‘qnashuvdan so‘ng tegib ketgan.

Zarba oqibatida gidrant qotirilgan joyidan bo‘shab ketib, suv oqimining otilishiga olib kelgan va u Camry’ning orqa qismini havoga ko‘targan. Suv oqimi shu qadar kuchli bo‘lganidan sedanning orqa qismi qattiq yuzaga qotirilgandek tuyuladi.

Orqa g‘ildiraklar qanday qilib yerga tushirilgani noma’lum, shundoq ham yaxshigina avariyaga uchragan Camry yana qo‘shimcha shikast olgani tabiiy.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yong‘inni o‘chirishga mo‘ljallangan gidrantni urib yuborgan Toyota Camry suv oqimi sabab havoda «muallaq qotdi» (video)