14:42 / 30.01.2021
2 608

Xitoyda korrupsiya va qo‘shxotinlikda ayblangan amaldor qatl etildi

Xitoyda korrupsiya va qo‘shxotinlikda ayblangan amaldor qatl etildi
Foto: Sinxua
Xitoyning Tyanszin shahrida 29 yanvar kuni partiyaning sobiq kotibi va China Huarong Asset Management Co. Ltd aksionerlik kengashining sobiq raisi Lay Syaominga qarshi o‘lim jazosi ijro etildi, deya xabar bermoqda Sinxua agentligiga tayanib «Korrespondent.net».

Ta’kidlanishicha, Lay Syaomin yanvar oyi boshida korrupsiya, poraxo‘rlik va qo‘shxotinlikda ayblanib, o‘limga mahkum etilgan.
«Oliy xalq sudining ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yanvar kuni ertalab Tyanszin shahrining ikkinchi darajali xalq sudi Lay Syaominga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi», – deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, 2018 yil kuzida Lay Syaomin intizom va qonunlarini jiddiy buzgani uchun partiyadan chiqarilgan. Intizomni tekshirish bo‘yicha Markaziy komissiya tomonidan o‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra, Lay Syaomin siyosiy intizomni jiddiy ravishda buzgan.

Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u turli siyosiy avantyuralarda qatnashgan, shaxslarning amal zinapoyasida o‘sishiga yordam bergan va tekshiruvlarga to‘sqinlik qilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda korrupsiya va qo‘shxotinlikda ayblangan amaldor qatl etildi