Foto: Daily Mail
Janubiy Avstraliyaning Port Noarlung shahrida it daryoda oqib ketayotgan bolani qutqarib qoldi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, avstraliyalik Rob Osborn Maks laqabli iti bilan birga sohilda sayr qilayotgan vaqt daryoda oqib ketayotgan bolaga ko‘zi tushgan.
Erkak suvga o‘zini tashlab bolani qutqarmoqchi bo‘lgan, ammo iti Maks undan avvalroq bola tomon suzib borayotganining guvohi bo‘lgan. Robning aytishicha, oqim chuqurlik tomon olib ketayotgan bolaning halok bo‘lishiga bir baxya qolgan.
Osborn bolaga baland ovoz bilan itning ismini aytib chaqirishini va Maksga kiydirilgan qutqaruv jileti belbog‘ini ushlab olishini aytgan. Bolakay belbog‘ni ushlab olganidan keyin it uni qirg‘oqqa olib chiqqan. Egasi Maksni shunchaki aytilgan ishni bajarganini ta’kidlab, itini qahramon deb atagan.
Ma’lumot uchun, bulldog va Staffordshir bulterer zotli itlar agressiv bo‘lgani uchun ularni uyda saqlab bo‘lmasligi aytiladi. Maks ham mazkur zotga mansub bo‘lishiga qaramay, kerakli vaqt va joyda jonbozlik ko‘rsata olgani ushbu fikrlarning o‘zgarishiga hissa qo‘shadi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Musulmon yigit o‘z joniga qasd qilmoqchi bo‘lgan o‘quvchining hayotini saqlab qoldi

Filippinda timsoh qayiqdagi bolaga hujum qildi va uni yutib yubordi

Xitoyda 6 yoshli bola 23-qavatdan tushib ketib, tirik qoldi

Pitbul zotidagi it 9 yoshli bolani qotil onaning changalidan qutqarib qoldi

Ekaterinburgda metro relsiga yiqilgan bolani begona erkak qutqardi (Video)

Oltoy o‘lkasida onasi qattiq sovuqda qoldirib ketgan bolani it qutqarib qoldi