20:22 / 01.02.2021
1 635

Muzlagan tepalikka 40 tonnali furani tortib chiqayotgan yangi Land Rover Defender

Muzlagan tepalikka 40 tonnali furani tortib chiqayotgan yangi Land Rover Defender
Kadr: YouTube
Swansway Land Rover’ning Britaniyadagi dileri yangi Defender’ning tortish imkoniyatlari tasvirlangan noodatiy videorolik bilan bo‘lishdi. Yo‘ltanlamas muzlagan tepalikka yettita yangi Land Rover mingizilgan 40 tonnali Scania P410 furasini tortib chiqqan, deb yozadi Motor.

Scania avtovozning haydovchisi Britaniyaning Staffordidagi Swansway Land Rover shou-rumiga borayotganida muzlab qolgan tepalikka duch kelgan. Yuk mashinasining yarim tirkamasida yettita Land Rover yo‘ltanlamasi bo‘lgan: bir juft Evoque, Range Rover Velar, Discovery, Discovery Sport va ikkita Range Rover Sport . Haydovchi avtosalon xodimlaridan yo‘lga tuz yoki qum sepib qo‘yishni so‘ragan, biroq menejerlardan biri yuk mashinasini Defender yordamida tortib ko‘rishga qaror qilgan.

Yangi Land Rover Defender 3,5 tonnagacha tirkamani tortishga qodir bo‘lib, Autoevolution hisob-kitoblariga ko‘ra, yuk ortilgan Scania P410’ning og‘irligi 40 tonnaga yetgan. Shunga qaramay, Defender vazifani uddalagan: elektronika aylanuvchi momentni o‘qlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlagandan so‘ng yo‘ltanlamas yuk mashinasini hech qanday qiyinchiliksiz tortib ketgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)