09:45 / 03.02.2021
2 649

Og‘zidan so‘rg‘ichi «tushmaydigan» velosiped haydovchi 2 yoshli bolakay internet yulduziga aylandi (video)

Og‘zidan so‘rg‘ichi «tushmaydigan» velosiped haydovchi 2 yoshli bolakay internet yulduziga aylandi (video)
Foto: The Sun
Buyuk Britaniyaning Koventri shahrida istiqomat qiluvchi 2 yosh-u 3 oylik Xarli Bekettu ikki g‘ildirakli velosipedini haydashdagi mohirligi sabab internetda mashhurlikka erishdi, deb xabar beradi The Sun.

Xarli og‘zidagi so‘rg‘ichini olmasdan har qanday ob-havo sharoitida BMX uchun mo‘ljallangan murakkab trassalar va skeyterlar uchun rampalarda harakatlanadi. Yaqinda elektrovelosipedni qo‘lga kiritgan Xarli uni ham o‘ziga bo‘lgan katta ishonch bilan haydamoqda.

Bolakayning onasi Roen Bekettning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘zi velosport bilan professional ravishda shug‘ullanib keladi, Xarli esa 2020 yilning bahorida — 1,5 yoshga to‘lganida ikki g‘ildirakli velosipedni haydashni o‘rgangan. O‘shanda ular Xarli bilan velosipedda uylari yaqinidagi skeyt-parkni aylangan va va bolakayga rampalarda uchish juda yoqib qolgan. Bunga qadar Xarli kechalari yomon uxlagan, biroq velosiped haydashni boshlaganidan so‘ng, qattiq uxlaydigan bo‘lgan.

Shundan buyon Xarli velosipedda uchishni juda yaxshi ko‘radi va ularda velosipedni ko‘chada haydash imkoni bo‘lmasa, uyda haydashadi. Ayol turmush o‘rtog‘i Billi bilan o‘g‘lining muvaffaqiyatlariga oid ma’lumotlar bilan Instagram’da muntazam bo‘lishib keladi, hozirda ularning 2 mingga yaqin obunachisi bor. Yaqinda ular YouTube’da ham o‘z kanallarini ochgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Og‘zidan so‘rg‘ichi «tushmaydigan» velosiped haydovchi 2 yoshli bolakay internet yulduziga aylandi (video)