1 042
Qirg‘iziston sobiq prezidenti So‘ronboy Jeenbekov rafiqasi bilan Umra safariga jo‘nab ketdi

Foto: «24.kg»
Qirg‘iziston sobiq prezidenti So‘ronboy Jeenbekov rafiqasi bilan birga Umra safariga jo‘nab ketdi. Bu haqda sobiq prezidentning matbuot kotibiga tayanib Kloop xabar bermoqda.
Jeenbekov 2 fevral kuni ertalab kichik Haj (Umra) safari uchun rafiqasi bilan «Manas» xalqaro aeroportidan Istanbulga uchib ketgan, u yerdan esa Saudiya Arabistonining Jidda shahriga parvoz qilgan.
Kichik Haj 10 kundan ortiq davom etadi, shundan keyin Jeenbekov Bishkekka qaytib keladi.
Matbuot kotibi qayd etishicha, Jeenbekov bu sayohatni 2020 yil noyabridan buyon rejalashtirgan. U Umra safarini Saudiya Arabistoni Qirolining taklifi bilan amalga oshirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Qirg‘iziston prezidenti So‘ronbay Jeenbekov mamlakatdagi norozilik va siyosoy inqiroz sharoitida 2020 yilning oktabr oyida iste’foga chiqqan. Uning o‘rnini Sadir Japarov egallagan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Japarov Qirg‘iziston prezidenti yaqin kunlarda iste’foga chiqishini aytdi

Qirg‘iziston Xavfsizlik kengashi prezident So‘ronbay Jeenbekov yo‘qolganligini ma’lum qildi

Qirg‘iziston prezidenti Umra ziyoratini bajardi

Jeenbekov Rossiya Qirg‘izistonning yaqin ittifoqchisi va strategik hamkori ekanligini ta’kidladi

Jeenbekov sobiq prezidentlarni daxlsizlikdan mahrum qilish haqidagi qonunni imzoladi

Jeenbekov ikkinchi marta Qirg‘iziston prezidentligiga nomzodini qo‘ymoqchi emas