13:15 / 03.02.2021
2 886

Myanmadagi harbiy to‘ntarish fonida raqsga tushgan qiz internet yulduziga aylandi (video)

Myanmadagi harbiy to‘ntarish fonida raqsga tushgan qiz internet yulduziga aylandi (video)
Kadr: YouTube
Myanmada parlament tomon harakatlanayotgan harbiy konvoy fonida fitnes-mashg‘ulotini videoga yozib olgan jismoniy tarbiya o‘qituvchisi internetda mashhurlikka erishdi, deb xabar beradi «RIA Novosti».

Videoda Kxing Xnin Vay ismli yosh qiz atrofida bo‘layotgan voqealarga e’tibor bermay, 3,5 daqiqa davomida musiqa ostida turli harakatlarni bajargan.

Uning aytishicha, qiz bir yildan buyon deyarli har kuni shu yerga kelib, raqs musobaqasiga tayyorgarlik ko‘radi.

«Odatdagidek tong bo‘ladi deb o‘ylagandim va bunday hodisalar ro‘y berishini kutmagan edim», — deydi Kxing Xnin Vay.

Eslatib o‘tamiz, 1 fevral kuni Myanma harbiylari mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritganini e’lon qildi, hukmron partiya rahbarlari va mamlakat prezidenti hibsga olindi. Qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni Min Aung Xlaynu mamlakatning muvaqqat prezidenti etib tayinlandi va mamlakatda bir yil muddatga favqulodda holat joriy etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Myanmadagi harbiy to‘ntarish fonida raqsga tushgan qiz internet yulduziga aylandi (video)