11:53 / 05.02.2021
1 695

Donald Trampning qizi Ivanka va kuyovining daromadlari keskin pasayib ketdi

Donald Trampning qizi Ivanka va kuyovining daromadlari keskin pasayib ketdi
Foto: ABC News
Oq uyning sobiq rahbari Donald Trampning prezidentlik faoliyati yakunida qizi Ivanka va uning turmush o‘rtog‘i Jared Kushnerning daromadi keskin tushib ketdi. Bu haqda Bloomberg ma’lumotiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.

Juftlik 2019 yil va 2021 yilning birinchi 20 kunidagi jami 120 million dollarlik daromadi haqida xabar berdi. Agentlikning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich o‘tgan davr bilan taqqoslanganda 23 foizga kam. O‘shanda Tramp va Kushner 156 million dollar daromad qilgan.

«Tramp va Kushner daromadlari Donald Trampning prezidentligi va er-xotinlarning ma’muriyatdagi faoliyatlari fonida tushib ketdi», — deyiladi Bloomberg ma’lumotida.

2017 yilning xuddi shu davrida, Oq uy shtatiga kelib qo‘shilganidan keyin, juftlik daromadini 195 million dollarga yetganini ma’lum qildi, lekin bu daromad topilgan davr keyingilariga nisbatan ko‘proq vaqtni qamrab olgan edi.

Bundan tashqari, Bloomberg va The New York Times Donald Trampning 2020 yilgi hisobotini o‘rganib chiqib, uni oldingi yil deklaratsiyalari bilan solishtirdi. Aniqlanishicha, Donald Trampning daromadlari ham 2017 yilda prezident etib saylanganidan keyin tusha boshlagan va bir yil ichida uchdan birigacha qisqargan.

Trampning barcha aktivlari ustidan nazorat qiluvchi Trump Organization’ning umumiy daromadi 278 million dollarni tashkil qilib, 2019 yil ko‘rsatkichlaridan 38 foiz pastladi. Prezidentlik faoliyatining boshida e’lon qilingan deklaratsiyada Trampning daromadlar hajmi 528,9 million dollar qilib ko‘rsatilgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Trampning qizi Ivanka va kuyovining daromadlari keskin pasayib ketdi