09:20 / 06.02.2021
1 956

Koronavirusdan yashirinish uchun eng zo‘r joy sotuvga qo‘yildi

Koronavirusdan yashirinish uchun eng zo‘r joy sotuvga qo‘yildi
Foto: «Daily Mail»
Buyuk Britaniyaning Devon grafligida Ikkinchi jahon urushi paytida bombadan saqlagan bunker sotuvga qo‘yildi, deb yozmoqda Britaniyaning «Daily Mail» gazetasi.

«Hope Cove» («Umid buxtasi») deb nomlanuvchi ushbu inshoot radar markazi sifatida loyihalashtirilgan bo‘lib, 1941 yilda qurib bitkazilgan. Yer osti va yer ustida joylashgan ikki qavatli ob’ektda 60 ta xona mavjud. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng u havo hujumidan mudofaa tizimida qo‘llanilgan va yadro urushi boshlangan taqdirda Buyuk Britaniya hukumati uchun xavfsiz joy vazifasini o‘tagan.

Sotuvchi bunkerni koronavirus pandemiyasidan omon qolish uchun «eng zo‘r joy» deb ataydi. Ob’ektning boshlang‘ich narxi 400 ming funt sterling (545 ming dollar). Auksion 10 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusdan yashirinish uchun eng zo‘r joy sotuvga qo‘yildi