Sayyohlar xaritada topishga qiynaladigan mamlakatlar yetarlicha. «Daily Mail» yozishicha, ular orasida ulkan (hududan) Kanadadan tortib bizning O‘zbekistongacha bor.
Britaniya o‘quv kurslari yirik provayderi shu yo‘nalishda o‘tkazgan tadqiqotda 20 mamlakatdan 6550 kishi qatnashdi. Ularga davlatlarning nomlari aytilib, interaktiv xaritada topish so‘ralgan.
Infografika: «TheKnowledgeAcademy.com»
Natija qanday?
Respondentlarning 83 foizi Indoneziyani, 81 foizi Vetnamni xaritada topa olishmagan. Har qancha qidirishmasin, qatnashchilarning qariyb to‘rtdan uch qismi Bangladesh (78 foiz), Ukraina (73 foiz), Peru (69 foiz) va O‘zbekiston (68 foiz) qayerdaligini aniqlay olishmagan. Yaponiya va Saudiya Arabistonini 62-61 foiz qatnashchi topisha olmagan.
Avstraliyani topishda 46 foiz, Kanadani 53 foiz, Marokashni topishda 57 foiz respondent noaniqlikka yo‘l qo‘ygan.
Har uchinchi qatnashchi uchun Fransiya va shundan sal ozrog‘i (29 foiz) uchun Germaniyaning koordinatalari noma’lum ekani aniqlangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi