07:45 / 08.02.2021
2 392

Kelib chiqishi noma’lum sirli monolit endi Turkiyada paydo bo‘ldi

Kelib chiqishi noma’lum sirli monolit endi Turkiyada paydo bo‘ldi
Foto: «Cumhuriyet.com.tr»
Turkiyaning Shanliurfa viloyati aholisi sirli Go‘beklitepa ibodatxona majmuasi yonida kelib chiqishi noma’lum bo‘lgan metall yodgorlikni topishdi. Bu haqda «Anadolu» axborot agentligi Instagramdagi o‘zining cahifasida xabar berdi.

Metall yodgorlik yorqin materialdan yasalgan. Uning balandligi 3 m, kengligi 45 sm bo‘lib, qadimiy turkiy tilda quyidagi yozuv bitilgan: «Oyni ko‘rishni istasang, osmonga qara». Ob’ekt topilgan joy politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Xuddi shunday metall yodgorliklar avval Yevropa va Amerikada qayd etilgandi. Shu tariqa 2020 yil kuzida AQShning Yuta shtatida uchuvchilar sirli monolitni payqab qolishgan. Ammo ko‘p o‘tmay u g‘oyib bo‘lgandi. Keyin bir nechta kishi uni yo‘q qilishganini tan olishgan.

Shundan so‘ng sirli monolitlar Germaniya, Gollandiya, AQSh, Ruminiya, Buyuk Britaniya, Boliviya va Kanadada paydo bo‘lgandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Dunyo » Kelib chiqishi noma’lum sirli monolit endi Turkiyada paydo bo‘ldi