811
«Prezidentga suiqasd»: Serbiyada jinoiy guruhga aloqadorligi aytilgan 17 kishi qo‘lga olindi

Serbiyada jinoiy politsiya boshqarmasi boshlig‘i Bogdan Pushich o‘z nutqida prezident Aleksandr Vuchichga suiqasd tayyorlanganini ma’lum qildi.
Qotillik 27 yanvar kuni, Vuchich Serbiya o‘rta asrlar davlatining asoschisi Stefan Neman yodgorligini ochish vaqtida bo‘lishi kerak edi. Pushichning aytishicha, o‘sha kuni prezidentni himoya qilish uchun 850 nafardan ortiq maxsus kuchlar yuborilgan.
Ko‘p o‘tmay, xavfsizlik kuchlari shaharda uyushgan jinoiy guruhga aloqadorligi aytilgan 17 kishini hibsga olishgan.
Razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, ular futbol ishqibozi niqobida bo‘lishgan, shu sababli rasmiylar mahalliy ikkita stadionga ham reyd o‘tkazgan.
Jinoiy guruhga aloqadorligi aytilgan kvartirada ikkita snayper miltig‘i topilgan. Guruh a’zolari qotillik, odam o‘g‘irlash, odam savdosi, tovlamachilik va noqonuniy moddalarni tarqatishda gumon qilinmoqda. Hibsga olinganlar prezidentni o‘ldirishni rejalashtirganligi haqidagi fakt hali tasdiqlanmagan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

“Kampir o‘g‘li”: Tojikistonda xavfli narkoboron qo‘lga olindi

Sobiq prezident Almazbek Atamboyevning tansoqchisi hibsga olindi

«Kostya Bolshoy» jinoiy guruhi a’zolari 21 ta qotillik jinoyati bilan ayblandi

Serbiyada Putinga suiqasd qilishni rejalashtirgan erkak qo‘lga olindi

“Horun Yahyo” qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Aqmolin viloyatida ayol kishi etagidagi jinoiy guruh qo‘lga olindi. Bilasizmi ayol kim ekan?..