Foto: New Atlas
Xitoydagi Sinxua universiteti muhandislari nafaqat sumkalarni yengil qiladigan, balki inson harakatidan elektr energiyasini ishlab chiqarish imkonini beradigan qurilmani yaratdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Ryukzakning asosiy seksiyasi romga qotirilgan hamda ikkita elastik bog‘ichlar orqali rels bo‘ylab tepa-pastga harakatlanadi. Harakat vaqtida ryukzakning bu qismi o‘z egasi bilan birga harakatga keladi.
«Texnologiya yukning vertikal tebranishini 28,75 foizga qisqartirishga xizmat qiladi, bu esa vertikal kuchni 21 foizga kamaytirishga yordam beradi. Boshqacha aytganda, 30 kilogrammli yuk 23,7 kilogrammdek tuyuladi», — deyiladi ixtiroga ostidagi izohda.
Bundan tashqari, ryukzak triboelektr nanogenerator bilan jihozlangan bo‘lib, u rels bo‘ylab harakatlanayotgan ryukzak energiyasini elektr energiyasiga aylantiradi.
«Uning foydali ish koeffitsiyenti normal yurish sharoitida 14 foizni tashkil etadi — u qadar katta ko‘rsatkich emas, biroq elektron soatlar, yorug‘lik diodlari yoki lyuminessent lampalarini quvvatlantirish uchun yetarli», — deydi muhandislar.
Ixtirochilar, shuningdek, harakatlanish vaqtida ryukzakka o‘rnatilgan akkumulatorni ham quvvatlantirish imkoniyatini ko‘rib chiqqan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Eronda millionlab aholi kriptovalyuta fermalari tufayli elektr ta’minotidan uzilib qoldi

Tadqiqot: 70 foiz rossiyaliklarning daromadi oyiga 25 ming rubldan oshmaydi

Gonkonglik olimlar sun’iy ko‘z ixtiro qilishdi

Germaniyada ilk elektr avtoban ochildi

Dubayda dunyodagi eng yirik quyosh elektr stansiyasi loyihasini amalga oshirish boshlandi

Buyuk Britaniyada ko‘mirsiz bir kun qanday o‘tdi?