12:04 / 10.02.2021
3 665

Zamonaviy arab malikasi: Dina Abdulazizning uslub borasidagi sirlari (foto)

Zamonaviy arab malikasi: Dina Abdulazizning uslub borasidagi sirlari (foto)
Foto: «buro247.ua»
Sharq malikalari har doim ham hashamatni tanlaydimi? Yo‘q. Vogue Arabia jurnalining birinchi bosh muharriri va Saudiya shahzodasining rafiqasi Dina Abdulazizning uslubi haqida quyida batafsil tanishib chiqish mumkin.

Foto: Cosmopolitan
Agar ayol aqlli bo‘lsa, albatta, go‘zal ham bo‘ladi. Axir go‘zallik mutlaq qiymat emas, balki kontekstga moslashishdir. Arab malikasi Dina Abdulaziz nafaqat malika, balki moda olamida ham o‘z obro‘siga ega.

Foto: Cosmopolitan
Buning sababi shundaki, Dina modada hamma narsadan ustun bo‘lgan narsa – kontekstni his qila olish qobiliyatiga ega. Bu qandaydir kuch emas, mukammallikka qadar takomillashgan mahorat desa ham bo‘ladi. Buni ko‘pchilik yaxshi did bilan adashtiradi.

Foto: Cosmopolitan
Vaqt sinovidan o‘tgan uslublardan birini asos qilish va induviduallikni unutmaslik lozim. Biror libos kiyilganda uning dizaynerini bilish shart emas, chunki bu umumiy ko‘rinishga olib kelishi mumkin.

Foto: Cosmopolitan
Ochiq kiyinish tobora urfdan qolayotgani barchaga ayon. Ayollar ko‘proq uzun va keng kiyim bilan yanada sirli ko‘rinayotgani nafaqat ayrim jamiyatlarda, balki butun dunyo mamlakatlarida kuzatilmoqda.

Foto: Cosmopolitan
Arab malikasi Dina ham mamlakat bo‘yicha eng taniqli ayollardan bo‘lsa-da, o‘zini duch kelgan urfdagi libosga urishni yoqtirmaydi. Balki har tomonlama qulay, sodda va noodatiy uslublarda ko‘rinish beradi.

Foto: Cosmopolitan
Odatda arab maliklari mo‘l-ko‘l taqinchoqlarsiz tasavvur qilinmaydi. Ammo o‘ziga xoslik har qanday malika uchun muhim.

Foto: Cosmopolitan
Doim ham trenddagi libosni boricha qabul qilavermaslik kerak. Uni har bir ayol o‘z uslubiga moslashtirishni unutmaslik lozim. Bu borada xavotir olishning keragi yo‘q, sababi har bir tendensiyadan unumli foydalanish imkoniyati mavjud.

Foto: Cosmopolitan
Dinaning liboslaridagi uyg‘unlik faqat uning uslubigagina xos, deyish mumkin. Sababi u har bir libosni o‘z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda umumlashtiradi.

Foto: Cosmopolitan
Malika kamdan kam hollardagina hashamatli liboslarda ko‘rinish beradi. Odatda uni barcha ayollar kabi bejirim va sipo kiyimlarda uchratishadi.

Foto: Cosmopolitan
Dinaning kiyinish borasidagi yana biri siri, u liboslarga tushirilgan har bir elementga e’tiborli.

Foto: Cosmopolitan
Libos, pardoz va soch turmagidan tashqari oyoq kiyimlar ham uning mukammal ko‘rinishiga hissa qo‘shadi.

Foto: Cosmopolitan
Malika ko‘proq yorqin ranglarga murojaat qiladi. Aslida unga har qanday rangli liboslar ham mos keladi, ammo o‘z dididan kelib chiqib, och va nafis rangli liboslardan ko‘proq foydalanadi.

Uslub jihatidan Dinani takrorlash osondek ko‘rinishi mumkin, ammo unga taqlid qiluvchilar deyarli topilmaydi. Demak, malikaning sirliligi ham shunda.

Foto: Cosmopolitan
Malikaning tashqi ko‘rinishiga qarab, uning 46 yosh ekanligiga ishonish qiyin.

Foto: Cosmopolitan
Malika uch nafar farzandni tarbiyalash bilan birga, mamlakat bo‘ylab ochilgan bir qancha do‘konlarni boshqarish hamda o‘zining sevimli ishi bo‘lgan muharrirlikka ham ulguradi.

Foto: Pinterest

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zamonaviy arab malikasi: Dina Abdulazizning uslub borasidagi sirlari (foto)