08:39 / 12.02.2021
2 663

Kimsasiz orolda qolib ketgan 3 ta «Robinzon Kruzo» qutqarildi (video)

Kimsasiz orolda qolib ketgan 3 ta «Robinzon Kruzo» qutqarildi (video)
Foto: «Edition.cnn.com»
Qayiqlari halokatga uchragan ikki erkak va bir ayol Bagama orollarida qolib ketishgan, deya xabar berdi «Daily Mail» nashri.

8 fevral kuni AQSH sohil xavfsizlik xizmati vertolyot ekipaji Kuba bilan Florida-Kis arxipelagi o‘rtasidagi Bagama arxipelagining bir qismi bo‘lgan Angilya-Ki orollar guruhi atrofidagi suvlarni ko‘zdan kechirashayotgan bo‘lgan. To‘satdan ofitserlar toshlardan yasalgan xoch va bayroqlarni silkitayotgan odamlarni payqab qolishdi. Ekipaj ularga ozgina oziq-ovqat, suv va radio uloqtirishdi.

9 fevral kuni jabrlanuvchilarni evakuatsiya qilish uchun qutqaruv operatsiyasi tashkil etildi. Uchalasi ham Kuba fuqarolari bo‘lib chiqdi. Ularning aytishicha, orolga taxminan besh hafta oldin kelib qolishgan. Dovul paytida kubaliklarning qayig‘i ag‘darilib ketgan. Ammo ular eng yaqin qirg‘oqqa suzib borib jonlarini saqlashga muvaffaq bo‘lishgan. «Robinzon Kruzo»lar 33 kun chuchuk suvsiz yashashga majbur bo‘lishgan. Ular tirik qolish uchun kokos, mollyuska va kalamushlar bilan oziqlanishgan.

Sohil xavfsizlik xizmati boshlig‘i Brendon Myurrey avvaliga jabrlanuvchilarni noqonuniy migrantlar yoki adashib qolgan baliqchilar deb o‘ylagan.

«Shu paytgacha orolda bir oydan ortiq qolib ketgan odamlarni qutqarganimizni eslay olmayman. Bu men uchun yangilik bo‘ldi», — deya tan oldi u.

Jabrlangan kubaliklar vertolyotda shifoxonaga olib ketilgan. Ular suvsizlik va charchoqdan aziyat chekishgan. Ammo sohil xavfsizlik xizmati xodimining so‘zlariga ko‘ra, ularning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar kuzatilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kimsasiz orolda qolib ketgan 3 ta «Robinzon Kruzo» qutqarildi (video)