07:55 / 13.02.2021
1 715

Matematik: «Butun dunyodagi koronavirusning barcha zarralari bitta kola idishiga sig‘adi»

Matematik: «Butun dunyodagi koronavirusning barcha zarralari bitta kola idishiga sig‘adi»
Foto: News.sky
Britaniyalik matematik Kit Yeyts hozirgi kunda butun dunyo bo‘ylab tarqalgan koronavirusning barcha zarralari 0,33 litrli hajmdagi idishga sig‘ishini hisoblab chiqdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Bata universitetining matematika bo‘yicha mutaxassisining aniqlashicha, dunyoda bir vaqtning o‘zida ikki kvintillionga yaqin SARS-CoV-2 virusining zarralari tarqalgan.

«So‘nggi yilda sodir bo‘lgan uzilishlar, qiyinchiliklar, qurbon bo‘lgan insonlar va qolgan barcha muammolar bir nechta qultum sababli ekanligini o‘ylash hayratlanarli», — deydi u.

Yeyts o‘zining hisob-kitoblari bosqichini izohlar ekan, SARS-CoV-2’ning diametridan foydalanganini ma’lum qilgan. Ta’kidlanishicha, virus zarrasining diametri 100 nanometrga yoki bir metrning 100 milliarddan bir ulushiga teng. Shundan so‘ng virusning sferik hajmi hisoblangan.

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, oqsil-qobiqlar va sferik zarralar orasida masofa borligi hisobga olingan taqdirda ham, ularning barchasi 330 millilitrli idishga bemalol sig‘a oladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Matematik: «Butun dunyodagi koronavirusning barcha zarralari bitta kola idishiga sig‘adi»