Foto: «The-sun.com»
Milliarder Bill Geytsning qizlaridan biri SARS-CoV-2 koronavirusiga qarshi emlangan. U bu haqda «Instagram»da ma’lum qildi.
![]()
24 yoshli Jennifer Geyts hozircha zarur bo‘lgan ikkita dozadan faqat bittasini olgan. Suratda qiz «Men COVID-19ga qarshi vaksinamni oldim» degan stikerni namoyish qilmoqda. Boshqalar ham vaksinatsiya haqida o‘ylashi kerak, dedi u. «Qancha ko‘p odam immunitetga ega bo‘lsa, shuncha ko‘p hamma uchun xavfsiz bo‘ladi», — deya tushuntirdi u.
«Afsuski, vaksina menga dono otamning miyasini joylashtirmadi, — deya hazillashdi Jennifer Geyts. — Qani edi mRNA shunday kuchga ega bo‘lsa».
![]()
U Bill Geyts odamlarni chiplashtirishni niyat qilayotgani haqidagi tuhmatga shama qildi.
Avvalroq milliarder COVID-19 ga qadar ham shu kabi bo‘htonlarga duch kelganini tan oldi va vaksinalarga bo‘lgan ishonchsizlik pandemiyaga qarshi kurashni sekinlashtirishidan ogohlantirdi. Bill Geytsning o‘zi 22 yanvardayoq emlangan.
![]()
Jenifer Geyts — dunyodagi eng boy odamlardan biri hisoblanuvchi, boyligi 124,3 milliard dollarga baholangan, Microsoft asoschisi Bill Geytsning qizi. U Stenford universitetida tibbiy ta’lim olmoqda. 2020 yilda uning turmush o‘rtog‘i ot musobaqasi bilan shug‘ullanuvchi misrlik taniqli sportchi 28 yoshli Nayel Nassar ekanligi oydinlashdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Bill Geyts pandemiya qachon tugashini ma’lum qildi

Bill Geyts koronavirus pandemiyasi qachon tugashini bashorat qildi

Janubiy Koreya prezidenti Bill Geyts bilan koronavirus vaksinasi ishlab chiqish masalasini muhokama qildi

Bill Geyts koronavirus pandemiyasi qachon tugashini taxmin qildi

Bill Geytsning qizi misrlik sportchiga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi

Bill Geyts yangi koronavirusga qarshi kurashga 10 mln dollar xayriya qildi