00:00 / 16.02.2021
2 915

Dunyodagi eng nufuzli davlatlar reytingi e’lon qilindi

img]https://zamin.uz/uploads/posts/2021-02/1613408704_7647c7e5c3c775032c82ffe76192dd210215.jpg[/img]
Amerikaning The CEOWORLD magazine jurnali tomonidan dunyodagi eng nufuzli davlatlar reytingi e’lon qilindi.

Mazkur ro‘yxatni tuzishda 11 ta mezonga e’tibor qaratildi. Harbiy kuch, xalqaro ittifoqlar, mamlakat rahbariyatiga hurmat, xalqaro savdo va sayohat, iqtisodiy qudrat, madaniyat, diplomatik ta’sir, global miqyosdagi diaspora, OAVga ta’sir, ehtiyojmand davlatlarga yordam va dunyoning qoloq qismi bilan aloqadorlik shular jumlasidandir.

Reyting 280 mingdan ortiq respondent ishtirok etgan so‘rovnoma asosida yaratildi.

Mualliflarning qayd etishicha, kuchli o‘ntalikdan AQSH, Xitoy, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Hindiston, Italiya va Isroil joy oldi. Ruminiya(55), Pokiston(56) va Slovakiya(56) esa oxirgi pog‘onalarni yakunlab berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng nufuzli davlatlar reytingi e’lon qilindi