12:16 / 18.02.2021
3 432

Trampga tegishli 39 qavatli kazino va mehmonxona portlatildi (video)

Trampga tegishli 39 qavatli kazino va mehmonxona portlatildi (video)
AQShning Nyu-Djersi shtatidagi Atlantik-Siti shahrida ilgari AQShning sobiq prezidenti Donald Trampga tegishli bo‘lgan 39 qavatli kazino va Tramp Plaza mehmonxonasi portlatildi. Portlash videosi mahalliy nj.com portalining Youtube kanalida joylashtirilgan.

Shaharning ko‘plab aholisi mashhur binoning buzilishini tomosha qilish uchun kelgan.

Muassasa 1984 yil may oyida ochilgan va shahardagi o‘ninchi kazinoga aylangan, ammo u 2014 yilga kelib yopilgan. Muassasa yopilishi sababli minglab odamlar ishsiz qolgan. Kazino 2016 yilda faoliyatini to‘xtatgandan so‘ng, unga egalik qilish huquqi Trump Entertainment Resorts Icahn Enterprisesga o‘tadi.

Atlantik-Siti meri Marti Smol 2020 yilga kelib nuray boshlagan binoni buzish haqida buyruq bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Trampga tegishli 39 qavatli kazino va mehmonxona portlatildi (video)