22:50 / 18.02.2021
4 242

Qirg‘iziston va O‘zbekiston yer almashadi

Qirg‘iziston va O‘zbekiston yer almashadi
Mart oyining birinchi o‘n kunligida Qirg‘iziston O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaralar bo‘yicha muzokaralarni davom ettiradi.

Bu haqda Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi (GKNB) rahbari Qamchibek Tashiyev 18 fevral kuni Botken shahrida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilgan.

Tashiyev 2020 yil dekabr oyida Qirg‘izistonga O‘zbekistondan 20 kishilik delegatsiya tashrif buyurganini eslab o‘tgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, avvalroq imzolangan protokolga muvofiq, Ala-Buqa tumanidagi (Qirg‘iziston Respublikasining Jalolobod viloyati) hududlar O‘zbekistonga o‘tkaziladi va buning evaziga Qirg‘iziston o‘sha mintaqadagi Suzoq tumanidan yer oladi.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qirg‘iziston o‘z davlat chegaralarini mustahkamlashini ta’kidlagan.
O‘tgan yil oxirida chegara xizmati Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi tasarrufiga o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, Tashiyev chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha hukumatlararo delegatsiya rahbari hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston va O‘zbekiston yer almashadi