08:30 / 19.02.2021
2 219

Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida pnevmoniya tarqaldi. Hukumat tezkor yig‘ilish chaqirdi

Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida pnevmoniya tarqaldi. Hukumat tezkor yig‘ilish chaqirdi
Foto: zdorovie.akipress.org
Qirg‘iz Respublikasining birinchi vitse-premeri Artyom Novikov 18 fevral kuni poytaxtda pnevmoniyaga chalingan bolalarning soni ko‘paygani sabab tezkor yig‘in o‘tkazdi. Unda Novikov hozircha ta’lim muassasalarini to‘liq offlayn-o‘qishga o‘tkazishga erta ekanini ta’kidladi. Bu haqda kloop.asia xabar bermoqda.

Novikov yosh bolalar orasida pnevmoniya, tumov va Kavasaki sindromiga chalinganlarning soni o‘sayotgani jamiyatda vahima bo‘layotganini ta’kidladi. U 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarni tibbiy nazoratga olish bo‘yicha harakatlarning rejasi yo‘qligi uchun muassasalarni tanqid qilib, tez orada bu masalani hal qilishni topshirdi.

Uning aytishicha, sog‘liqni saqlash, ta’lim vazirligi va Bishkek meriyasi «bir hafta ichida onlayn maktabgacha va maktab yoshidagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, kasallik belgilari kuzatilsa, COVID-19 kasalligiga PCHR-analiz olishi» kerak.

«14 yoshgacha bo‘lgan bolalarning yagona ma’lumot-tibbiy bazasini tuzib, har kuni tumov va pnevmoniyaga chalinganlarning hisobini olish kerak. Barcha ta’lim muassasalari mulkchilikning turidan qat’i nazar, har bir bola haqida uzluksiz ma’lumot berib turishi kerak. Maktabgacha ta’lim maskanlari va maktablar hozir cheklovchi formatda ishlamoqda. COVID-19 pandemiyasi vaqtida an’anaviy o‘qish jarayonini bolalarning sog‘lig‘iga ko‘rsatgan ta’sirini tahlil qilmay, ularni to‘liq tiklash haqida so‘z bo‘lmaydi», — dedi birinchi vitse-premer.

Shuningdek, davlat va xususiy tibbiyot muassasalarida bolalarga grippga qarshi ixtiyoriy emlash o‘tkazishga sharoit yaratib berishni topshirdi.

«Bolalar bog‘chalarida va maktablarda bolalarni profilaktik ko‘rikdan o‘tkazish doimiy ravishda bo‘lishi kerak. Shunday yo‘l bilan kelasi haftadan boshlab bu ishlar har bir ta’lim muassasasida yo‘lga qo‘yilib, tibbiyot xodimlari navbatchilikda turishi kerak», — deb ta’kidladi Novikov.

Pnevmoniya, tumov va Kavasaki sindromiga chalingan bolalar
16 fevral kuni Ona va bola salomatligini himoya qilish milliy markaziga (OBSMM) bir kun ichida 32 bola pnevmoniya bilan yotgani ma’lum bo‘ldi.

«Bu juda katta son emas. Virusli infeksiya kuch olgan vaqtda har kuni bundan ikki-uch marta ko‘p bola yotardi. Pnevmoniya bilan og‘rib tushgan bolalarniki koronavirusdan rivojlangan deb aytolmaymiz. Koronavirus rivojlanishi tasdiqlash uchun ko‘p vaqt o‘rganish kerak», — deb ta’kidladi 17 fevralda OBSMMning direktori Kamchibek Uzakbayev.

Uning aytishicha, kasalxonaga pnevmoniya bilan kelayotgan bolalarning yoshi 1dan 16 yoshgacha, ularning ahvoli o‘rta og‘ir.

«Har yili shu vaqtda virusli-infeksiya kasalligi va pnevmoniya bilan ko‘p bola og‘riydi. Bunga koronavirus ham qo‘shilmoqda, postkovid holat ham muammo yaratmoqda. Shuningdek tumov bilan og‘riganlarning soni o‘sdi deb aytolmayman. Pnevmoniya bilan og‘riganlarning soni ortishini biz koronavirus bilan bog‘layapmiz. COVIDdan sog‘aygandan keyin immuniteti zaif bolalar ancha vaqtda o‘zlariga kelishadi. Go‘daklarning organizmi virusli, bakteriyali pnevmoniyani tez qabul qiladi», — dedi Uzakbayev.

Ona va bola salomatligini himoya qilish milliy markazi yetakchisining ma’lumotida markazda 136 bola bo‘lsa, ularning oltisi jonlantirish bo‘limida davolanmoqda. Buning natijasida har yili bir kunda shuncha odam murojaat qiladi va vaziyat Sog‘liqni saqlash vazirligining nazoratida.

«Vaziyat juda murakkab va og‘ir emas. Hozirda bizning markazda 136 bola davolanmoqda. Har kuni 170dan 220gacha bolani olib kelishadi. Ularni ko‘pini shifokorlar ko‘rgandan keyin ambulator davolanishga yuboradi. Hozir kasalxonadagi bolalarning ahvoli o‘rta. Olti nafar bola jonlantirish bo‘limida. Ularning ahvoli ham kundan-kunga yaxshilanmoqda», — dedi Uzakbayev.

U joriy yilning yanvar oyida Ona va bola salomatligini himoya qilish milliy markaziga kelib tushgan Kavasaki sindromiga chalingan bolalarning soni rekord qo‘yganini ham ta’kidladi. Biroq uning aytishicha, hozirgi kunda vaziyat nazorat ostida, shuningdek markazdagi har bir oilaviy shifokorlar markazida pediatrlar navbatchilikda.

*Kavasaki sindromi — bir yoshdan sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalarda o‘tkir respirator virusli infeksiya bilan jabrlangandan keyingi og‘irlashish qatori paydo bo‘lgan autoimmun kasallik. Tashxisi — koronar arteriyalarning sistemali vaskuliti — tashxisni klinitsist vrach qo‘ya oladi.

«Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumoti bo‘yicha, dunyo bo‘yicha koronavirus bilan og‘rigan bolalarning 0,5-2,5 foizida Kavasaki sindromi rivojlanmoqda. Bizni davlatda bunday sindrom bolalar orasida dekabrdan boshlab ro‘yxatga olina boshladi. Yanvarda bu sindrom bilan ko‘p bola tushdi. Biz Sog‘liqni saqlash vazirligining protokolida yozilgan qoida bo‘yicha davolash ishlari olib bordik. Birorta bola o‘lmadi. Hozirda markazimizda Kavasaki sindromi bilan ikki bola davolanyapti. Yana ikkisi kasallikda gumon qilinib, hozir tekshirilmoqda», — dedi Uzakbayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonda bolalar o‘rtasida pnevmoniya tarqaldi. Hukumat tezkor yig‘ilish chaqirdi