09:53 / 19.02.2021
2 002

Olimlar koronavirus sakkiz baravar xavfliroq bo‘lganini ma’lum qildi

Olimlar koronavirus sakkiz baravar xavfliroq bo‘lganini ma’lum qildi
Nyu-York universiteti, Nyu-Yorkdagi Genom markazi va Maunt-Sinay tibbiyot markazining olimlari SARS-CoV-2 koronavirusining «britancha», «afrikacha» va «braziliyacha» shtammlarining mutatsiyasi virus patogenining zararliligini sakkiz baravarga oshirib yuborishi mumkin. Mutaxassislarning maqolasi eLife ilmiy jurnalida e’lon qilingan va «Phys.org» nashridagi press-relizda bu haqda qisqa ma’lumot berib o‘tilgan.

Shoxdor oqsildagi D614G mutatsiya odatda «G variant» deb ataladi va u 2020 yil boshida paydo bo‘lgan. Bu SARS-CoV-2 virusining AQSHda keng tarqalgan turlaridan biri. Tadqiqotlar davomida olimlar D614G virusini o‘pka hujayralari, jigar va insonning yo‘g‘on ichagidagi hujayralarga kiritgan. Xuddi shunday jarayon original turdagi virus bilan ham amalga oshirilgan.

Natijada D614G tajribasida transduksiya, ya’ni hujayradan hujayraga ko‘chib o‘tish ortib ketgani yoki virusning original SARS-CoV-2’dan sakkiz baravarga kuchaygani kuzatildi. SARS-CoV-2 parchalanishda yana ham barqarorlashgan, oqibatda hujayralarni zararlash qobiliyati oshgan.

Olimlarning taxminicha, D614 mutatsiyalashgan koronavirusiga qarshi vaksinalar yangi shakldagi virusdan ham himoya qila oladi, biroq bunda boshqa ko‘plab mutatsiyalar kabi inson immunitetiga aks ta’sir qilish holatlari kuzatilishi mumkinligini hisobga olgan holda qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish talab etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirus sakkiz baravar xavfliroq bo‘lganini ma’lum qildi