22:06 / 20.02.2021
1 627

Angela Merkel insoniyat qanday shart bilan koronavirus ustidan g‘alaba qozonishini ma’lum qildi

Angela Merkel insoniyat qanday shart bilan koronavirus ustidan g‘alaba qozonishini ma’lum qildi
Germaniya kansleri Angela Merkelning fikricha, koronavirus pandemiyasini yengish uchun Yerning butun aholisi emlanishi kerak. Bu haqda u 19 fevral, juma kungi matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».

Merkelning so‘zlariga ko‘ra, sayyoradagi barcha odamlar emlanganidan so‘ng koronavirus pandemiyasi mag‘lub bo‘ladi. Uning ta’kidlashicha, virusning muttasil tarqalishi uning mutatsiyasiga yordam beradi.

«Yangi mutatsiyalar vaksina samaradorligini pasaytiradi. Shuning uchun bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak, vaksinatsiyada hamma ishtirok etishi kerak», — deya qo‘shimcha qildi kansler.

Shuningdek, u Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST)ning barcha mamlakatlar o‘rtasida dori-darmonlarni teng taqsimlash mexanizmi — COVAX dasturi vaksinalarini tezroq qabul qilib olishi zarurligini ta’kidladi.

Shu bilan birga, kanslerning ta’kidlashicha, boshqa mamlakatlarga yordam berish va hukumatning o‘z fuqarolariga g‘amxo‘rlik qilish mas’uliyati o‘rtasida muvozanat bo‘lishi kerak.

Yevropa Ittifoqi COVAX fondiga qo‘shgan hissasini ikki baravar — 500 milliondan 1 milliard yevrogacha oshirishini ma’lum qilgandi. Ammo ushbu tashabbus doirasida uchinchi dunyo mamlakatlariga vaksinalarni yetkazib berishni boshlash sanasi hali ham noma’lum.

Avvalroq rivojlangan davlatlar koronavirusga qarshi vaksinalarni o‘z ehtiyojlaridan ortiq hajmda sotib olayotgani haqida xabar berilgandi. Ayni paytgacha AQSH, Yevropa Ittifoqi, Avstraliya, Kanada va Yaponiya 3 milliard doza koronavirusga qarshi vaksina sotib olgan, bu ushbu mamlakatlar aholisini emlash uchun keragidan 1 milliard dozaga ortiq hisoblanadi.

Jo Bayden ma’muriyati esa kambag‘al mamlakatlar uchun koronavirusga qarshi emlash dasturiga 4 milliard dollar ajratishini ma’lum qilgan. «Vaksinalarni yetarlicha olganimizdan so‘ng ortiqchasini nochor mamlakatlarga hadya etish masalasini so‘zsiz ko‘rib chiqmoqchimiz. Bu virus tarqalishiga chek qo‘yishning yagona usuli», — degan edi AQSH Kongressi amaldorlaridan biri.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Angela Merkel insoniyat qanday shart bilan koronavirus ustidan g‘alaba qozonishini ma’lum qildi