23:10 / 20.02.2021
1 557

62 yoshli amerikalik qamoqxonada o‘tirib magistr diplomiga ega bo‘ldi

62 yoshli amerikalik qamoqxonada o‘tirib magistr diplomiga ega bo‘ldi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Amerikalik Jozef Valades 62 yoshda. O‘z iqroriga ko‘ra, kambag‘al oilada tug‘ilgan, bolaligi ko‘chada o‘tgan, keyin esa jinoyat olami: bosqinchilik, narkotiklar, xullas, umrining asosiy qismi panjara ortida o‘tgan.

Endi u qilmishlaridan, umrini behuda o‘tkazib yuborganidan pushaymon. Ammo qo‘l qovushtirib o‘tirgani ham yo‘q: 2014 yili giyohvandlikdan davolandi, Kaliforniya universitetining sotsiologiya fakultetiga o‘qishga kirib, «a’lo»ga bitirdi. Ayrim fanlarni sirtdan kompyuterda, ba’zilarini o‘zi singari tavba qilgan mahkumlarni o‘qitishga kelgan o‘qituvchilardan o‘rgandi.

«Onam hayot bo‘lganida, men bilan faxrlangan bo‘lardi. Qachonlardir aqlimni yig‘ib, to‘g‘ri yo‘lga kirishimga u doim ishonardi. Mendan umidini aslo uzmagan yagona inson — onam edi. U doim sen aqllisan derdi», — ta’kidlaydi Jozef.

Jozef Valades ma’rifat yo‘liga kirganini ijtimoiy tarmoqda yozib, magistrlik diplomini ko‘ksiga bosib tushgan suratini ilova qilib qoldirdi. O‘z murojaatida o‘quvchilarini hayotdagi mashaqqatlarga qaramay bilim olishga chorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 62 yoshli amerikalik qamoqxonada o‘tirib magistr diplomiga ega bo‘ldi