08:20 / 21.02.2021
1 557

Navalniy «Iv Roshe» ishi bo‘yicha 2,5 yilni koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi

Navalniy «Iv Roshe» ishi bo‘yicha 2,5 yilni koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi
Foto: EPA
Moskva shahar sudi Navalniyga nisbatan chiqarilgan shartli hukmni haqiqiy hukmga o‘zgartirilishini qonuniy deb topdi. Bu haqda «Interfaks» xabar qilmoqda.

Moskva shahar sudi muxolifat lideri Aleksey Navalniyning «Iv Roshe» ishi bo‘yicha uch yarim yillik qamoq jazosini haqiqiy jazo bilan almashtirish to‘g‘risidagi qarorni tasdiqladi.

Xabar qilinishicha, bu Moskva shahar sudining advokatlar shikoyatlari bo‘yicha chiqargan qarorida aks etadi. Sud Navalniyga qamoq muddati tayinlashda u 1,5 oyni uy qamog‘ida o‘tkazganini ham hisobga oldi. Shundan kelib chiqib, Navalniy 2,5 yilni koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Aleksey Navalniyning advokati «Interfaks»ga uning ozod qilinish harakati davom etishini va Yevropa sudi qarorining bajarilmasligi munosabati bilan Yevropa Kengashi Vazirlar Qo‘mitasiga murojaat qilishini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy shtablari rahbari Leonid Volkov siyosatchining safdoshlari 14 fevral kuni norozilik aksiyasini o‘tkazishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgan, «Rossiyaning katta shaharlari»da yashovchilarga kechqurun hovliga chiqib, telefonlaridagi chiroqlarni yoqish va shu holatda bir necha daqiqa turish taklif etilgan edi. So‘ng aksiyada suratga tushib, uni ijtimoiy tarmoqqa joylash lozim. «Hech qanaqa OMON, hech qanaqa qo‘rquv bo‘lmaydi. Balki sizga bu 15 daqiqa hech narsani o‘zgartirmaydigandek ko‘rinishi mumkin. Aslida esa u hamma narsani o‘zgartiradi», — deb yozgandi Volkov.

14 fevraldagi aksiyalardan ikki kun avval Moskva politsiyasi fuqarolarga ruxsat berilmagan norozilik namoyishlariga chiqmaslikni tavsiya qilgan va bunday tadbirlarda qatnashganlik uchun ma’muriy javobgarlik, ba’zi hollarda esa jinoiy javobgarlik ko‘zda tutilganini eslatdi.

Berlindan Moskvaga qaytganidan so‘ng darhol hibsga olingan Aleksey Navalniyni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyalar 23 va 31 yanvar kunlari Rossiyaning ko‘plab shaharlarida bo‘lib o‘tdi. Norozilik aksiyalarida rekord darajada ko‘p odam qo‘lga olindi, o‘nlab jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

2 fevral kuni sud «Iv Roshe» ishi bo‘yicha Navalniyga chiqarilgan shartli muddatni haqiqiysiga o‘zgartirish haqida qaror qabul qilganidan keyin siyosatchining tarafdorlari Moskva markazida aksiya uyushtirdi, uning ishtirokchilari ham politsiya tomonidan qo‘lga olindi. 5 fevral kuni Leonid Volkov yaqin vaqtlar ichida Navalniyni qo‘llab-quvvatlab namoyishlar o‘tkazilmasligini e’lon qildi. 8 fevral kuni e’lon qilingan murojaatda ham Volkov yaqin orada norozilik aksiyalari rejalashtirilmayotganini aytgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Navalniy «Iv Roshe» ishi bo‘yicha 2,5 yilni koloniyada o‘tkazadigan bo‘ldi