Buyuk Britaniyalik 21 yoshli Jasmin Xarrison Atlantika okeanini qayiqda yakka suzib o‘tgan eng yosh ayol bo‘ldi, deb yozadi The Guardian.
Ma’lumotlarga ko‘ra, y o‘qituvchi va shuningdek, barmen sifatida ishlaydi, sayohatni 2020 yil dekabrida Kanar orollaridan (La Gomera oroli) boshlagan. Uning Karib dengizidagi Antigua oroliga etib borishi uchun 70 kun, uch soat va 48 daqiqa vaqt ketgan.
Xarrissonning aytishicha, u qayiqda 4828 km (3000 mil) masofani suzib o‘tgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sayohatdan «yaxshi va yomon xotiralar» qoladi.
Ta’kidlanishicha, o‘qituvchi yo‘lda bir qator muammolarga duch kelgan. Uning qayig‘i fevral oyi boshida ag‘darilib ketgan. Ikki kun oldin ham bu yana takror sodir bo‘lib, natijada qiz tirsagidan jarohat olgan, deb yozadi gazeta.
Shu vaqtga qadar Atlantika okeanidan yolg‘iz suzib o‘tgan eng yosh ayol amerikalik Keti Spots edi. U buni 2010 yilda, 22 yoshida amalga oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

9 yoshli xitoylik qiz 26 kilometrlik bo‘g‘ozni suzib o‘tdi

Rossiyalik Fyodor Konyuxov Tinch okeanini qayiqda suzib o‘tib jahon rekordini o‘rnatdi (video)

Fransiyalik 72 yoshli sayyoh Atlantika okeanini bochkada kesib o‘tdi

Britaniyalik sportchi 155 kun dengizda suzib rekord o‘rnatdi (foto)

Hind okeanida 7 oy suzib yurgan sayyoh qutqarildi

Kun fotosi: Arktikada bir oy suzgan eshkakchi qo‘llari