1 585
Olimlar COVID-19 tufayli insoniyatning 20,5 million yillik umri bevaqt tugaganini aniqladi
Braziliyadagi koronavirus qurbonlarining ramziy qabrlari
Foto: Getty Images
Koronavirus pandemiyasi tufayli 81 ta davlatda 20,5 million yildan ortiq umr bevaqt tugadi. Bu haqda kasallik qurbonlari infeksiyani yuqtirmagan taqdirda ham, vafot etardi, degan da’volar noto‘g‘riligini isbotlash uchun o‘tkazilgan tadqiqotga tayanib, The Guardian xabar berdi.
Nashrning ta’kidlashicha, har yili ko‘plab keksalar va sog‘lig‘idagi boshqa muammolardan aziyat chekadigan odamlarning o‘limiga sabab bo‘luvchi gripp qurbonlari bilan taqqoslaganda, koronavirusdan o‘lish aksariyat hollarda unchalik e’tiborni tortmaydi. Ammo yangi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, COVID-19 grippga nisbatan ko‘proq zarar keltiradi. Pandemiyadan katta talafot ko‘rgan mamlakatlarda koronavirus tufayli yo‘qotilgan hayot yillari mavsumiy gripp olib keladigan o‘limlar sonidan 2-9 baravar ko‘p.
Umrning bevaqt tugashi — bu odamning vafot etgan paytidagi yoshi va mamlakatda taxmin qilingan umr ko‘rish davomiyligi o‘rtasidagi farqqa nisbatan olinadi. Erkaklarda ayollarga qaraganda yo‘qotilgan umr yillari 44 foizga yuqoriroq.
Keksalarning vafot etish xavfi baland bo‘lishiga qaramay, boy mamlakatlarda COVID-19 qurbonlarining eng katta ko‘rsatkichi 55-75 yoshlilar guruhiga to‘g‘ri kelgan.
Scientific Reports ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqot mualliflari o‘lim ko‘rsatkichini hisoblash koronavirusning ta’siri to‘g‘risida noto‘g‘ri taassurot uyg‘otishi mumkinligini ta’kidlamoqda.
«Ba’zi siyosiy reaksiyalar COVID-19 asosan pandemiya sharoitida uzoq yasholmaydiganlarning umriga nuqta qo‘ydi, degan dalillar bilan izohlandi. Biz bunday mazmundagi tanqidlarga javob qaytara oladigan asos berishni xohladik», — deya tushuntirishdi Pompeu Fabra universiteti Salomatlik va iqtisodiyotni o‘rganish markazi vakili Gektor Pifarre Arolas.
Uning tadqiqotchi guruhi Buyuk Britaniyada pandemiya sababli 833 874 yillik hayot yo‘qotilganini aniqladi. Infeksiyadan vafot etgan har bir britaniyalik o‘rtacha yana 11,4 yil yashashi mumkin edi (erkaklar uchun 11,5 yil va ayollar uchun 10,8 yil). Ispaniyada pandemiya 572,567 yillik umrning bevaqt tugashiga sabab bo‘lgan, har bir kishiga o‘rtacha 11,24 yil to‘g‘ri keladi. Peruda COVID-19 764,856 yillik hayotning yo‘qotilishiga olib keldi (har bir kishiga o‘rtacha 20,2 yil).
Tadqiqotchilar, shuningdek, erta o‘limga sabab bo‘ladigan yurak-qon tomir kasalliklarini ham ko‘rib chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, bunday kasalliklar COVID-19 ga qaraganda ko‘proq hayot yillarining tugashiga sabab bo‘ladi. Biroq, mamlakatlarda o‘lim sonining umumiy o‘sishi (o‘tgan yilga nisbatan) yurak-qon tomir kasalliklari qurbonlarining ortishini ham o‘z ortiga berkitgan.
Topilmalarida olimlar dunyoning 81 mamlakatida 1 279 866 dan ortiq o‘limni va ularning har birida umr ko‘rish davomiyligi haqidagi ma’lumotlarni hisoblab chiqdi. Umuman olganda, olimlarning hisob-kitoblari shuni ko‘rsatadiki, koronavirus ushbu 81 ta mamlakatda 20 507 518 yillik hayotning yo‘qotilishiga olib kelgan. Har bir qurbon o‘rtacha 16 yil umrini bevaqt yo‘qotgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nebenzya G‘arbning BMT Xavfsizlik Kengashidagi nutqini ikkiyuzlamachilik paradi deb atadi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Mojarodan so‘ng Ukrainani nima kutayotgani ma’lum bo‘ldi
Eronning Isroilga hujumi shunchaki spektakl edimi?..
Pentagonning sobiq tahlilchisi G‘arb nega Ukrainada tinchlik istamasligini tushuntirdi
“Tolibon” Eronning Isroilga qarshi hujumini qo‘llab-quvvatladi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi
Shomurodov, navbat “Yuventus”ga!