20:13 / 24.02.2021
2 197

AQSH va Kanada Xitoyga qarshi birlashdi

AQSH va Kanada Xitoyga qarshi birlashdi
Foto: «Zen.yandex.ru»
AQSH va Kanada Xitoyga qarshi birlashdi. Bu haqda AQSH prezidenti Jo Bayden Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo bilan o‘tkazilgan videomuloqotdan so‘ng aytib o‘tdi, deb yozadi «RIA Novosti».

Baydenning so‘zlariga ko‘ra, u Tryudo bilan global muammolarga qarshi umumiy munosabatlarni muhokama qilishgan.
«Bunga Xitoy bilan yaxshiroq raqobatlashish va qadriyatlarimizni yaxshiroq himoya qilish uchun munosabatlarimizni muvofiqlashtirish kiradi», — dedi AQSH rahbari.

Shuningdek, mamlakatlar Shimoliy Amerikaning aerokosmik mudofaaga oid qo‘shma qo‘mondonligini (NORAD) modernizatsiya qilishga hamda AQSH-Kanada Arktika Dialogini kengaytiradigan «mintaqaviy xavfsizlik, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish va boshqaruv masalalarini» qamrab olishga kelishib oldilar.

«Kanada va AQSH NATOning umumiy mudofaaga sodiq muhim sheriklari yoki ittifoqchilarigina emas. Bosh vazir va men yevropalik ittifoqchilarimiz bilan transatlantika xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha ishlarimizni muhokama qildik», — deya so‘zini yakunladi Bayden.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH va Kanada Xitoyga qarshi birlashdi