Foto: «Shutterstock/FOTODOM»
Liverpul universiteti olimlari tadqiqot o‘tkazishib, qurilish va ishlab chiqarishda mehnat qiladigan erkaklar hamda rahbar-ayollar Britaniyada eng «ichkilikboz» kasblar reytingida yetakchilik qilishini aniqladilar. Bu haqda «BMC Public Health» jurnalida chop etilgan maqolada ma’lumot berilgan.
Mutaxassislar 2006 — 2010 yillar davomida UK Biobank bazasiga kiritilgan 40 yoshdan 69 yoshgacha bo‘lgan Buyuk Britaniyaning 100 mingdan ortiq aholisi ma’lumotlarini o‘rganishdi. Tadqiqot ishtirokchilaridan haftasiga qancha spirtli ichimlik iste’mol qilishi, shuningdek, kasblari to‘g‘risida anketa savollariga javob berishlari so‘ralgan.
Ma’lum bo‘lishicha, erkaklar orasida asosan ishlab chiqarish, qurilish sohasi xodimlari hamda farroshlar shishaga oshno bo‘lisharkan. Ruhoniylar, shifokorlar, fiziklar, shuningdek, geologlar va meteorologlar alkogoldan uzoqroq yurishi oydinlashdi.
Ayollar orasida eng ko‘p ichadiganlar yuqori va o‘rta martabali rahbarlar bo‘lib chiqdi. O‘qituvchilar, shifokorlar va olimlar spirtli ichimlikni deyarli ichishmas ekan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, ularning tadqiqoti muayyan kasblar orasida alkogolga qaramlik sababiga ishora qilmaydi, balki turli soha vakillarining alkogolga moyilligini tahlil qiladi. Shunga ko‘ra, qurilishda ishlash albatta spirtli ichimliklarga ruju qo‘yishga olib keladi, deb xulosa chiqarish noto‘g‘ri. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Quruvchidan o‘qituvchigacha: Olimlar ichkilikka moyil kasblarni aniqladi

Yapon olimlari umrni uzaytirish sirini oshkor etishdi

Tadqiqot: spirtli ichimliklar ta’sirida koronavirus vaksinasi foyda bermaydi

Koronavirusni yuqtirgan odamlarda qancha vaqtgacha immunitet saqlanib qolishi oydinlashdi

Olimlar koronavirusga antitanacha qancha «yashashi»ni aniqlashdi

Xitoylik shifokorlar koronavirusni ayollar erkaklarga qaraganda osonroq yengishini aniqlashdi