21:57 / 25.02.2021
1 875

Rossiyada «Sputnik V» vaksinasining narxi ikki baravar pasaytirildi

Rossiyada «Sputnik V» vaksinasining narxi ikki baravar pasaytirildi
Foto: Reuters
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga qarshi «Sputnik V» vaksinasining korxonada belgilangan maksimal bahosini ikki baravarga pasaytirdi. Ilgari vaksinaning ikkita komponenti narxi 1942 rubl (278 743,80 so‘m)ni tashkil qilgan bo‘lsa, endilikda u 866 rubl 81 kopeyka (124 474,46 so‘m) etib belgilandi, deb yozmoqda «Kommersant’».

«Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi ‘Sputnik V’ vaksinasining korxonada belgilangan maksimal narxini qayta ro‘yxatdan o‘tkazdi, endi u ikkita komponent uchun 866 rubl 81 kopeykani tashkil etadi. Qo‘shimcha qiymat solig‘i bundan mustasno», — deyiladi hukumat veb-saytidagi xabarda.

Sanoat va savdo vaziri Denis Manturovning so‘zlariga ko‘ra, vaksina ishlab chiqarish texnologiyalarini optimallashtirish va ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali narxni pasaytirishga erishildi. «Shuni ta’kidlashni istardimki, ro‘yxatdan o‘tkazilgan maksimal korxona narxi faqat Rossiyaning keng miqyosli davlat immunizatsiya dasturlarida foydalaniladigan vaksinaga tegishli»,— dedi u.

Gamaleya markazida ishlab chiqariladigan «Sputnik V» vaksinasi aholini koronavirusga qarshi emlash uchun qo‘llaniladi. 2020 yil avgust oyida ushbu preparat COVID-19’ga qarshi qo‘llash uchun dunyoda birinchi bo‘lib ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

Ma’lumot uchun, «Sputnik V» vaksinasi Vengriya, Livan, Serb Respublikasi, Jazoir, Argentina, Belarus, Boliviya, BAA, Serbiya, Paragvay, Venesuela, Mo‘g‘uliston, Pokiston, Turkmaniston, Falastin va Eron va boshqa bir qator mamlakatlarda foydalanish uchun tasdiqlangan.

Shuningdek, O‘zbekistonda «Sputnik V» vaksinasini uchinchi bosqich klinik sinovlari natijalari asosida sertifikatlashtirilgan holda ommaviy qo‘llashga ruxsat berilgan. O‘zbekistonda koronavirusga qarshi emlash mart oyining birinchi yarmida boshlanishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada «Sputnik V» vaksinasining narxi ikki baravar pasaytirildi