16:51 / 27.02.2021
1 858

Haitida qamoqxonadan 400dan ortiq mahbus qochib ketdi

Haitida qamoqxonadan 400dan ortiq mahbus qochib ketdi
Foto: AFP
Haiti poytaxti Port-o-Prensdagi qamoqxonadan to‘rt yuzdan ortiq mahbus qochib ketdi, deb xabar bermoqda "Bi-bi-si".
Mahalliy hokimiyatning ma’lum qilishicha, mahbuslarning qochishi vaqtida 25 kishi, jumladan, qamoqxona direktori halok bo‘lgan.

Qurbonlar orasida o‘tkinchilar ham bo‘lgan. Ular jinoyatchilar tomonidan o‘ldirilgan.

Qayd etilishicha, voqea tafsilotlari aniq emas. Guvohlar otishma ovozini eshitishgan, so‘ngra ko‘chada mahbuslar paydo bo‘lgan. Qamoqxona yaqinidagi kiyim-kechak do‘konlari egalarining so‘zlariga ko‘ra, ular do‘konlaridagi mollarinining bir qismini jinoyatchilarga berishga majbur bo‘lishgan.

OAVning ma’lumot berishicha, "Krua-de-Buke" qamoqxonasiga ko‘pi bilan 872 nafargacha mahbus joylashishi mumkin. Shu bilan birga, hukumatning xabariga ko‘ra, u yerda 1500 nafar mahbus saqlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Haitida qamoqxonadan 400dan ortiq mahbus qochib ketdi