1 279
Nigeriyada jinoyatchilar maktabga hujum uyushtirib 300 nafardan ortiq o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi

Foto: Anadolu Agency
Qurollangan jangarilari Nigeriyaning Zamfara shtatida maktabga hujum uyushtirib 317 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda Associated Press shtat ma’muriyatining rasmiy vakili Muhammad Shexuga tayanib, xabar bergan.
26 fevral kuni tungi soat 01:45 da jinoyatchilar 20 ta motosiklda Jangebe shahridagi davlat maktabiga kelgan. Ular qizlar yotoqxonasiga bostirib kirib, maktab hududida taxminan uch soat bo‘lgan va qizlarni o‘rmonga olib ketgan, deb yozmoqda CNN. Hujum vaqtida bir nafar politsiyachi halok bo‘lgan.
Muso Mustafo ismli mahalliy aholi vakili jinoyatchilarning maktab yaqinidagi harbiy lager va nazorat-o‘tkazish punktiga ham hujum uyshtirganini aytgan. Qayd etilishicha, qo‘poruvchilar harbiylarning o‘z hujumiga xalaqit qilishini istamagan.
Maktab-internatda taxminan 500 nafar o‘quvchi qiz yashagan va o‘qigan. Ularning ayrimlari jangarilar qo‘lidan qochib qutilgan va yotoqxonaga qaytgan, deyiladi CNN manbasi bergan axborotda.
Zamfara shtatida odamlarni o‘g‘irlaydigan va tovon puli evaziga yaqinlariga topshiradigan yoki qamoqdagi sheriklarining ozodlikka chiqarish evaziga ularni qo‘yib yuboradigan bir nechta jangari guruhlar faoliyat olib boradi.
So‘nggi yillarda Nigeriyada odam o‘g‘irlash va fuqarolarga hujum qilishga qaratilgan harakatlar juda ko‘p amalga oshirilgan. 2014 yil aprel oyida «Boko Xaram» jangarilari guruhi Borno shtatida 276 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan. Qizlarning 100 nafardan ortig‘i hanuzgacha topilmagan. 2020 yil dekabr oyida 344 nafar o‘quvchi Katsina shtatidagi maktabdan 344 nafar o‘quvchi o‘g‘irlab ketilgan va keyinchalik qo‘yib yuborilgan.
2018 yilda Nigeriyada «Boko haram» jangarilari 110 nafar maktab o‘quvchisini o‘g‘irlab ketgan. 2020 yil iyun oyida Nigeriya shimoli-sharqiga uyushtirilgan hujum oqibatida 60 kishi halok bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Nigeriyada «Boko haram» jangarilari shaharga hujum qilib 15 kishini o’ldirdi

Nigeriyada jangarilar hujumi oqibatida 60 kishi halok bo‘ldi

Toliblar yarashuv rejimiga javoban harbiy bazani qo‘lga oldi va 30 nafar askarni o‘ldirdi

Afg‘onistonda toliblar hujumi oqibatida 13 politsiyachi halok bo‘ldi

Misrda harbiylar 24 jangarini yo‘q qilishdi

“Boko xaram” radikal guruhi Nigeriyada 22 qizni o‘g‘irlab ketdi