15:14 / 28.02.2021
2 111

Yaxshilik kamayib bormoqda

Yaxshilik kamayib bormoqda
Foto: Ucla/Darnell Xant (chapdan) va Deniyel Fessler
Mehribonlik Instituti Jennifer i Mettyu Xarris tomonidan asos solingan Bedariy fondi puliga ochilgan edi, uning ish boshlashiga 20 mln dollar hayriya qilishgan.

Institut Los-Andjeles universitetining sotsiologiya fakultetida joylashgan va uning maqsadi xalq bilan qanday ishlash, rahbarlarni ilhomlantirishdir.

Xarrisning so‘zlariga ko‘ra, nima uchun zamonaviy dunyoda yaxshilik tobora kamayib borayotganini anglashga harakat qilishda, ilm va ichki dunyo orasida ko‘prik qurishda katta ehtiyoj borligini ko‘radi.

Institut shug‘ullanayotgan bir necha loyihalar quyidagilar:
- Antropologlar insonlar orasida yaxshilik qanday tarqalishini o‘rtganishmoqda;
- Sotsiologlar shavqatsiz insonlarni mehribon bo‘lishga qanday ko‘ndirishni tahlil qilishmoqda;
- Psixologlar yaxshilik kayfiyatni yaxshilashi va asab zo‘riqishi belgilarini kamaytirishi mumkinligini tadqiq qilishmoqda.

Fesslerning ta’kidlashicha, hammaga ma’lumki, qachonki siz og‘ir vaziyatga hech qanday ta’sir o‘tkaza olmasangiz - bu "yomon" stress. U alpinizm singari qiyin, ammo qoniqish olib keladigan mashg‘ulot bilan shug‘ullanishga o‘xshash "yaxshi" stressdan ko‘ra ancha zararli.

"Sizga befarq munosabatda bo‘ladigan insonlar bilan yashash nisbatan yaxshi holat, ammo ochiq dushmanlik bilan munosabatda bo‘ladigan insonlar bilan yashash eng yomoni, sog‘lik uchun zararli. Bu umringizni tom ma’noda qisqartiradi", - deydi u.

"Keyin boshqalardan qanday qilib mehr olish va uni o‘zingizga berish - bu avvalgi zaharli vaziyatga mutlaqo qarama-qarshi. Bu narsalar sog‘lik uchun foydalidir", - davom etadi olim.

Hatto boshqa odamlar bilan munosabatning ahamiyatsiz lahzalari - masalan, qahvaxonadagi xoima sizga qarab jilmayib, ishlaringiz qalay, deb so‘rasa, o‘zingizni yaxshi his qilishingiz mumkin.

"Agar yaxshilik borasidagi biron bir narsada ishtirok etsangiz, boshqalarga mehribonligingizni qanday namoyon qilishni o‘ylaysiz - bu kabi narsalar bosimni pasaytiradi. U davolash ta’siriga ega, - ta’kidlaydi olim. - Bu ruhiy zo‘riqishlar va xavotirni davolashda yordam beradi".

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaxshilik kamayib bormoqda