23:30 / 28.02.2021
2 338

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)

Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)
Foto: Instagram / The Radford Family
Britaniyalik er-xotin Syu va Noel Redfordlar 1989 yildan buyon 11 nafar qiz va 11 o‘g‘ilni dunyoga keltirdi. Ko‘p farzandli oila haqida yaqinda Channel 5 telekanalida hujjatli film namoyish etildi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».

Syu o‘zining Xeydi ismli eng kichik farzandini 2020 yilning aprelida dunyoga keltirgan. Hozirda oila o‘n kishiga mo‘ljallangan sobiq qariyalar uyida yashab kelmoqda. Bolalardan uch nafari mustaqil yashaydigan darajada ulg‘aygan, biroq uyda hamon joy yetarli emas.

Foto: Instagram / The Radford Family
Oila boshlig‘i qandolatchilik bilan shug‘ullanadi, biroq pandemiya sabab uning korxonasi yopilgan va u onlayn ishlashga majbur bo‘lmoqda.

Foto: Instagram / The Radford Family
Syu esa u qadar oson bo‘lmagan ish — uy yumushlari bilan mashg‘ul. U kun davomida uyni bir necha bor tozalaydi, kiyimlarni yuvish uchun esa 18 kilogrammli sanoat kir yuvish mashinasi olgan.

Redfordlar kuniga yetti litrdan ortiq sut va to‘rt «buxanka» non yeydi. Bir hafta ichida uchta tish pastasi va 24 dona hojatxona qog‘ozini ishlatadi.

Foto: Instagram / The Radford Family

Foto: Instagram / The Radford Family

Foto: Instagram / The Radford Family

Foto: Instagram / The Radford Family
Shu bilan birga, nabirali bo‘lishga ham ulgurgan ota-ona o‘z hayotidan nolimaydi.
«Bolalar — bizning hashamatimiz. Buni hech qachon pulga sotib olib bo‘lmaydi», — deydi oila otasi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyalik ayol 32 yil ichida 22 marotaba ona bo‘ldi (foto)