22:13 / 01.03.2021
2 232

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalq oldiga chiqib kechirim so‘radi

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalq oldiga chiqib kechirim so‘radi
Foto: Asatur Yesayans
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan o‘z tarafdorlari ishtirokida o‘tkazilgan mitingda kechirim so‘radi, deb xabar berdi «Sputnik Armaniston».
Uning so‘zlariga ko‘ra, u hukumat rahbarligida bo‘lganidan beri mustaqil Armanistonning 30 yillik tarixida sodir bo‘lgani kabi «ko‘plab xatolar» bo‘ldi.

«Gap bizning hukumatimiz haqida, shaxsan men haqimda», — dedi Pashinyan Yerevan markazida to‘plangan odamlar oldida qilgan chiqishida.
Pashinyan Armaniston fuqarolari, diasporasi va tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi aholisidan yo‘l qo‘ygan xatolari uchun kechirim so‘radi.

Yerevanda bir vaqtning o‘zida Pashinyanning tarafdorlari va unga qarshilarning mitingi bo‘lib o‘tmoqda.

Armanistonda Tog‘li Qorabog‘dagi urushda uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng boshlangan siyosiy inqiroz 25 fevralda yangi kuch bilan avj oldi. Mamlakat qurolli kuchlari bosh shtabi Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qildi. O‘z navbatida, bosh vazir Armaniston prezidenti Armen Sarkisyanga bosh shtab boshlig‘i Onik Gasparyanni iste’foga chiqarishni so‘rab taqdimnoma kiritdi. Biroq mamlakat prezidenti taqdimnomani imzolashni rad etdi va tomonlarni murosaga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan xalq oldiga chiqib kechirim so‘radi